Windows 11 dizaynida yangilangan Microsoft Office to‘plamini yuklab oling!

  •   DiMaX
  •  838
  •  08.07.2021 16:36

Windows 11 dizaynida yangilangan Microsoft Office to‘plamini yuklab oling!

Microsoft korporatsiyasi 24 iyun kuni Windows 11 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi. Shundan keyinoq Office dasturlar majmuasining dizayni ham unga moslab o‘zgartirilishi ma’lum qilingan edi va kompaniya va’dasida turdi.

O‘QING: Endi Word, Excel va PowerPoint bitta ilovada

Yangilangan dizayndagi ofis dasturlari jamlanmasini hozircha faqat beta-test dasturi doirasidagi Windows 10 hamda Windows 11 foydalanuvchilari yuklab olishlari mumkin. Office Insider sinov dasturiga qo‘shilish uchun esa mana bu havola orqali tegishli sahifaga kirib, tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Windows 11 uslubidagi yangicha dizaynga Word, Excel, PowerPoint hamda Outlook dasturlari o‘tkazilgan. Biroq ularda biror yangi funksiyalar paydo bo‘lmagan, shunchaki interfeysi o‘zgargan, xolos.

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablarga javob berishi aniq bo‘lgan Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxatlarini taqdim etganmiz. Bundan tashqari, ASUS kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan kompyuter ona platalaridan qaysilari yangi operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan. Shuningdek, litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etilgani ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Microsoft haqida qiziqarli 12 fakt

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!