«Windows 11» ham tayyor – Microsoft rahbari allaqachon unga o‘tib olgan!

  •   DiMaX
  •  1248
  •  26.05.2021 18:08

«Windows 11» ham tayyor – Microsoft rahbari allaqachon unga o‘tib olgan!

Build 2021 konferensiyasi doirasida Microsoft korporatsiyasi yetakchisi Satya Nadella tez orada «Windows’ning yangi avlodi» chiqishini e’lon qildi. Bu yerda gap aynan Windows 11 haqida bo‘lmasligi mumkin, lekin baribir yirik apdeyt kutilmoqda.

O‘QING: Kompyuterdan oson foydalanish uchun eng muhim tezkor tugmalar kombinatsiyalari bilan tanishamiz

Kompaniya top-menejerining so‘zlariga ko‘ra, Microsoft yaqin oylar ichida «oxirgi o‘n yillikdagi eng muhim Windows yangilanishlaridan biri»ni namoyish etadi. Nadella keyingi paytlarda shaxsan o‘zi shu tizimdan foydalanayotganini, uning zo‘rligidan hayratga tushayotganini aytgan.

Qanday nomlanishidan qat’i nazar, yangilangan talqindagi Windows operatsion tizimi kuchli o‘zgargan dizaynga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, uning o‘zida dasturchilarga mazkur tizim uchun ilovalar yaratish imkonni beruvchi yangi jihozlar taqdim etiladi.

Aksariyat jurnalistlar Satya Nadellaning «Windows’ning yangi avlodi» degan gapiga urg‘u berib, bu baribir Windows 11 tizimi bo‘lishini aytishmoqda. Buyog‘ini endi vaqt ko‘rsatadi, yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Windows 10'ni tezlashtirish uchun 10 maslahat