Windows 11 insayderlari yangi xususiyatlarni fosh etishda davom etishmoqda

Windows 11 insayderlari yangi xususiyatlarni fosh etishda davom etishmoqda

So‘nggi paytlarda Microsoft kompaniyasi Windows 11 uchun "funksiyalar yomg‘iri"ni yog‘dirmoqda. Bu safar yangiliklardan biri Task Manager uchun bo‘lib, u endi yangi "bosh sahifa"ga ega.

Windows 11 stilidagi Fluent dizaynga yangilangan vazifalar menejeri dasturi bosh sahifasida ilovalar va batareya sozligi va startap ilovalar haqida ma’lumotlarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. 

Taskbar uchun ham kichik yangilik kiritilmoqda. Agar kompyuterda bir nechta dasturlar ishlatilayotgan bo‘lsa va ularning piktogrammalari Taskbar'ga sig‘mayotgan bo‘lsa, endi ular maxsus flayaut oynada ko‘rinadigan bo‘ladi. 

Microsoft'ning telefoningiz va kompyuteringizni bog‘laydigan Your Phone dasturi so‘nggi yangilanishi telefonda oxirgi ochilgan uchta dasturni kompyuterda ko‘rsatib turadigan xususiyatni qabul qilgani ham ma’lum bo‘ldi. Bu funksiya faqat Samsung smartfonlari bilan ishlashi aytilmoqda. 

O‘QING: Microsoft Defender Preview versiyasi Windows va Android uchun chiqarildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!