Windows 11 olti yillik... smartfonda ham ishlayapti! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  873
  •  30.06.2021 13:26

Windows 11 olti yillik... smartfonda ham ishlayapti! («jonli» video)

Microsoft kompaniyasi 24 iyun kuni o‘zining yangi – Windows 11 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi. Bungacha esa biz uning videosini, oboylarini va ularni yuklab olish havolasini e’lon qilganmiz. Bundan tashqari, rasmiy namoyishidan oldin uning ISO-obrazi chiqqan, kuni kecha esa...

O‘QING: Microsoft ilk Windows 11 versiyasini tarqatdi – hoziroq rasman sinab ko‘rish mumkin!

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablar ro‘yxatini ham e’lon qilganmiz. Microsoft’ning bu boradagi injiqligiga qaramasdan, havaskorlar allaqachon mazkur operatsion tizimni hattoki smartfonga ham o‘rnata olishdi!

Gyustav Monse (Gustave Monce) ismli dasturchi Lumia 950 XL smartfoniga Windows 11 operatsion tizimini o‘rnatib, uni ishga tushirdi. Kompyuterga mo‘ljallangan tizimli telefonning qanday ishlashini ko‘rsatish uchun bu jarayonni videoga olib, YouTube’da e’lon qildi:

To‘g‘ri, bu telefon o‘zi Windows Mobile operatsion tizimi bilan chiqarilgan, ammo olti yillik Snapdragon 810 protsessorining zamonaviy Windows 11 tizimi bilan «kelishib» ishlashi baribir qiyin bo‘lgan. Umuman olganda, tizimning o‘zi ham hali «xom» ekanligini va kompyuterlarga mo‘ljallanganligini nazarda tutsak, uni smartfonda ishlata olishning o‘zi bir mahorat.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil avval xuddi shu Lumia 950 XL smartfonida bundan oldingi avlod – Windows 10 operatsion tizimini hamda unda Fallout o‘yinini ham ishga tushirib ko‘rsatishgan.

O‘QING: Bill Geyts o‘zining Microsoft rahbari sifatidagi eng katta xatosini tan oldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!