Windows 11 o‘rnatish uchun internet so‘raydi, lekin uni aldash yo‘li topildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1375
  •  23.06.2021 13:34

Windows 11 o‘rnatish uchun internet so‘raydi, lekin uni aldash yo‘li topildi! (+video)

Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimini 24 iyun kuni taqdim etishi aniq bo‘lgan. Insayderlar esa allaqachon uning obrazini tarqatishgan: yangi tizim videosini, oboylarini va ularni yuklab olish havolasini e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Windows 11’ni hozirdanoq kompyuter yoki noutbukka o‘rnata olasiz! (ISO-obraz havolasi)

Windows 11 sinov jamlanmasini kompyuterlariga o‘rnatib ko‘rgan havaskorlar ushbu jarayonning yakunlanishi uchun internetga ulanish talab etilishini aniqlashdi.

Chapda – Windows 11 Home, O‘ngda – Windows 10 Pro

Mazkur talab Windows 10 operatsion tizim talqinidayoq paydo bo‘lgandi, ammo unda «Menda internet yo‘q» opsiyasini tanlab va lokal akkaunt yaratib, bu bosqichdan o‘tib ketish mumkin edi. Ma’lum bo‘lishicha, Windows 11 Home talqinida bunday imkoniyat olib tashlangan.

Shu tariqa, tizimga faqat Microsoft akkaunti orqali kirish mumkin bo‘ladi, biroq bu cheklovni aylanib o‘tish yo‘lini ham allaqachon topishibdi. Buning uchun Alt + F4 tugmachalar kombinatsiyasi orqali dialog oynasini yopish kifoya – shunda lokal akkaunt yaratish sahifasiga o‘tasiz.

O‘QING: Windows 11 tezkorligini «jonli» videoda Windows 10 bilan taqqoslaymiz!

Quyida esa ushbu jarayonni videoda tomosha qilishingiz mumkin:

Darvoqe, litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etilganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Windows 10 «dafn etiladigan» aniq kunni Microsoft rasman aytdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.