Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablar

  •   DiMaX
  •  4470
  •  26.06.2021 13:29

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablar

Microsoft kompaniyasi kuni kecha o‘zining yangi – Windows 11 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi. Bungacha esa biz uning videosini, oboylarini va ularni yuklab olish havolasini e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Windows 11’ni hozirdanoq kompyuter yoki noutbukka o‘rnata olasiz! (ISO-obraz havolasi)

Shu bilan birga, Windows 11 operatsion tizimini o‘rnatish uchun qurilmalarga qo‘yiladigan minimal texnik talablar ham e’lon qilingan va ular Windows 10 talqinidagidan ko‘ra yuqoriroqdir.

Qisqa qilib aytganda, Windows 11 operatsion tizimini «ko‘tara olishi» uchun noutbuk yoki kompyuteringizda kamida quyidagilar bo‘lishi lozim:

  • 1 GGs takt chastotali ikki yoki undan ortiq yadroli 64 bitlik protsessor
  • 4 GBlik tezkor xotira
  • 64 GBlik doimiy xotira
  • UEFI interfeysini qo‘llab-quvvatlovchi ona plata va yoqiq holdagi Secure Boot himoya tizimi
  • Trusted Platform Module 2.0
  • DirectX 12 hamda WDDM 2.0 drayverlariga mos keluvchi videokarta
  • O‘lchami 9 dyuymlik, aniqligi 720p hamda ranglar chuqurligi 8 bitlik ekran
  • Yangilanishlarni yuklab olish va Microsoft akkauntiga kirish uchun internet ulanishi

Bulardan so‘nggisini aldash yo‘li topilgan, lekin oldingilari – texnik jihatdan shart bo‘lgan talablardir. Kompyuter yoki noutbukingiz ularga javob berish-bermasligini aniqlashning eng oson yo‘li esa mana bu havola orqali o‘sha qurilmangizga PC Health App utilitasini yuklab olib ishga tushirishdir.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etilgan.

O‘QING: Windows 11 tezkorligini «jonli» videoda Windows 10 bilan taqqoslaymiz!