Windows 11 Pro hamda Windows 11 Home orasida qanday farqlar bor?

  •   DiMaX
  •  831
  •  29.07.2021 16:58

Windows 11 Pro hamda Windows 11 Home orasida qanday farqlar bor?

Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimini 24 iyun kuni taqdim etgan bo‘lib, uni ikki xil versiyada tarqatadi. XDA Developers mutaxassislari ushbu ikkita – Windows 11 Pro hamda Windows 11 Home operatsion tizimlarining o‘zaro farqlarini e’lon qilishdi.

O‘QING: Windows 11'dan millionlab odamlar foydalanadigan qulay funksiyani olib tashlandi

Avvalo, Windows 11 Home versiyasi arzonroq – 140 AQSh dollariga baholanadi. Professional talqin uchun esa 200 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi. Aytish kerakki, Windows 10 foydalanuvchilari operatsion tizimni bepul yangilay oladilar, ammo vaqti cheklangan!

Windows 11 Home talqinini o‘rnatish uchun internetga ulanish hamda Microsoft akkauntiga ega bo‘lish talab etiladi. Lekin o‘rnatib bo‘lgach, uni o‘chirib tashlab, lokal akkauntdin foydalanaversa bo‘ladi. Mazkur versiya Hyper-V apparat virtualizatsiya tizimini hamda Windows Sandbox’ni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Windows 11 Home versiyasida tezkor xotira hajmi bo‘yicha cheklov bor – 128 gigabaytgacha. U faqat 64 tagacha yadroli bittagina protsessorni o‘z ichiga oluvchi yakka soketli tizimlarda ishlay oladi. Windows 11 Pro esa 128 yadrogacha bo‘lgan protsessorlarda ishlay oladi, tezkor xotiraning maksimal hajmi esa 2 terabaytgacha ko‘tariladi.

O‘n birinchi avlod operatsion tizimning mazkur ikki nashri o‘rtasidagi boshqi farqlar esa tizimdan professional tarzda foydalanishga tegishli.

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablarga javob berishi aniq bo‘lgan Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxatlarini taqdim etganmiz. Bundan tashqari, ASUS kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan kompyuter ona platalaridan qaysilari yangi operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan. Shuningdek, litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etilgani ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Windows 11’ga o‘tib ulgurmadingizmi? Microsoft esa allaqachon Windows 12’ni sinab ko‘ryapti! (+skrinshot)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!