Tez orada Windows 11 bilan smartfoningiz ma'lumot uzatish nuqtasini yoqa olasiz

Tez orada Windows 11 bilan smartfoningiz ma'lumot uzatish nuqtasini yoqa olasiz

Hozir siz Windows kompyuteringizda Phone Link (sobiq Your Phone) dasturiga Android smartfoningizni ulash bilan undagi suratlar, SMS xabarlar yoki bildirishnomalarga kirishingiz, hatto kompyuterdan to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroqlar amalga oshirishingiz mumkin va ikki tizim o'rtasidagi bunday "do'stona munosabatlar" yanada mustahkamlanmoqda.

Microsoft o'zining Windows 11 operatsion tizimi insayderlari uchun 25231 oldindan ko'rish versiyasini chiqardi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu yangilanish Samsung smartfonlarining mobil ma'lumot uzatish nuqtasini kompyuterdan turib yoqish imkonini beradigan yangi funksiyasini o'z ichiga oladi. Bunda smartfon Phone Link bilan kompyuterga ulangan bo'lishi va Wi-Fi, hamda, Bluetooth ikkala qurilmada ham qo'llab-quvvatlanishi kerak. Shuningdek, Samsung Galaxy smartfoni kamida One UI 4.1.1 versiyasida, Windows 11 22H2 (22621) yoki yuqori, Phone Link esa v1.22082.111.0 yoki yuqori versiyada bo'lishi ham talab qilinadi.

"Tezkor kirish nuqtasi funksiyasi telefoningizga teginmasdan uning Wi-Fi tarmog‘ini xavfsiz ishga tushirish va ulanish imkonini beradi. Telefoningiz kompyuteringiz Wi-Fi diapazonida bo'lsa, u tarmoqlar ro'yxatida paydo bo'ladi va bunda unga bir marta bosish telefonning ma'lumot uzatish nuqtasini yoqadi va kompyuter unga ulanadi" deydi Microsoft.

Hozircha ushbu funksiya faqat Windows 11 insayderlari uchun mavjud bo'lib, u bir necha oylik sinovlardan keyin hammaga tarqatilishi kutilmoqda.

Ta'kidlash joizki, Apple ham o'z iPhone'lari va Mac'lari o'rtasida, Google ham o'zining Pixel'lari va Chromebook'lar o'rtasida bunday xususiyat allaqachondan beri mavjud.

O'QING: YouTube Shorts'lari endi videolar bo‘limida ko‘rsatilmaydi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!