Windows 11 tezkorligini «jonli» videoda Windows 10 bilan taqqoslaymiz!

  •   DiMaX
  •  1310
  •  21.06.2021 10:41

Windows 11 tezkorligini «jonli» videoda Windows 10 bilan taqqoslaymiz!

24 iyun kuni Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimini taqdim etishi aniq bo‘lgan. Insayderlar esa allaqachon uning obrazini tarqatishgan: yangi tizim videosini, oboylarini va ularni yuklab olish havolasini e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Windows 11’ni hozirdanoq kompyuter yoki noutbukka o‘rnata olasiz! (ISO-obraz havolasi)

Dasturchilar va shunchaki havaskorlar allaqachon ISO-obrazni ko‘chirib olib, yangi operatsion tizimni sinab ko‘rishmoqda. Ben Anonymous nomli YouYube-kanal muallifi esa Windows 11 (21996.1 jamlanmasi) hamda Windows 10 operatsion tizimining ishlash tezligini solishtirib ko‘rsatdi. Test uchun u Intel Core i7-10875H protsessorli hamda NVIDIA GeForce RTX 2070 Super grafik tezlatgichli kompyuterdan foydalangan.

Bloger o‘tkazgan sintetik testlarga ko‘ra, Windows 11 samaradorligining oshgani Geekbench 5 benchmarkida ko‘p yadroli sinovda eng yuqori tarzda namoyon bo‘lgan. Yangi tizim bilan ashlayotgan kompyuter ko‘rsatkichi 7444 ballga yetgan bu esa Windows 10 ko‘rsatgan 6284 ballik natijadan 15,59 foizga yuqori.

Shuningdek, tizimning yuklanish tezligi ham oshgan: o‘ninchi raqamli operatsion tizimi bilan kompyuter 16 soniyada to‘liq yonib ulgurgan bo‘lsa, Windows 11 tizimida buning uchun 13 soniya kifoya qilgan.

Darvoqe, litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etilganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Windows 10 «dafn etiladigan» aniq kunni Microsoft rasman aytdi