Windows 11 tizimiga fevral oyida bir nechta muhim yangi xususiyatlar qo‘shiladi

Windows 11 tizimiga fevral oyida bir nechta muhim yangi xususiyatlar qo‘shiladi

Ka manbasining yozishicha, fevral oyida Windows 11 tizimining foydalanuvchi versiyasiga bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim yangi funksiyalar qo‘shiladi. Ulardan eng kutilgani Android ilovalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlash funksiyasi hisoblanadi. 

Microsoft buni Windows 11'ning taqdimoti vaqtida e’lon qilgan edi. Keyinchalik ushbu funksiya uzoq vaqt sinovdan o‘tkazildi. Nihoyat u yangi tizimning foydalanuvchi versiyasida paydo bo‘ladi. 

Qizig‘i shundaki, Android uchun Windows sub-tizimi diskret grafiklardan foydalangan holda ilovalarni tezlashtirishni qo‘llab-quvvatlamaydi, shuning uchun ba’zi o‘yinlarda grafika hamda kadr tezligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin. 

Ushbu funksiyadan foydalanish uchun kompyuter kamida 8GB operativ xotiraga ega bo‘lishi kerak. Kompyuter ekranidagi Android ilovalari smartfondagi kabi ko‘rinadi va unumdorligi jihatidan ular standart Windows ilovalaridan farq qilmaydi. 

Keyingi yangilik vazifalar panelidan virtual yoqish/o‘chirish tugmasi o‘rin oladi. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, ovozni yoqish va o‘chirish uchun ushbu tugmadan foydalanish har bir alohida video konferensiya ilovasidagi tugmalardan foydalanishdan qulayroqdir. 

Shuningdek, fevral oyida yangilangan Notepad va Media Player ilovalari Windows 11 tizimida paydo bo‘ladi. 

O‘QING: Windows operatsion tizimida endi Play Store'dan o‘yinlar yuklab olish mumkin 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.