Windows 11 tizimiga klassik «Pusk» menyusini qaytaramiz

  •   DiMaX
  •  1159
  •  14.08.2021 10:52

Windows 11 tizimiga klassik «Pusk» menyusini qaytaramiz

Joriy yilning 24 iyun kuni Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimini namoyish etgan edi. Yaqinda esa uning birinchi ommaviy beta-versiyasi ham chiqqan, biz uning barcha foydalanuvchilar o‘rnatib olishlari mumkin bo‘lgan havolasini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Windows 7 tizimli kompyuter va noutbuk egalari ham Windows 11’ga o‘ta oladilar, ammo...

Windows 11 talqinidagi yangiliklardan biri – butkul qayta ishlangan «Pusk» menyusidir: u ancha minimalistik ko‘rinish kasb etgan. Hozirgacha klassik – Windows 7 operatsion tizimidagi singari «Pusk» menyusidan foydalanayotganlar uchun u juda odmi, noqulay va foydasiz ko‘rinadi.

Stardock kompaniyasi dasturchilari shuni hisobga olib, Start11 nomli utilita chiqarishdi. Uning bittagina vazifasi bor – yangicha «Pusk» menyusini xuddi Windows 7 talqinidagi kabi klassik ko‘rinishga keltirib qo‘yadi. Ish boshlash menyusini vazifalar panelining markazidan chap chekkasiga ko‘chirishdan tashqari, uning interfeysini to‘qrang rejimga o‘tkazish imkoni ham mavjud.

Start11 utilitasini mana bu havola orqali ko‘chirib olish mumkin, ammo, afsuski, u 5 dollar turadi. Lekin keyinroq – Windows 11 keng tarqala boshlaganida uning bepul analoglari ham chiqib qolsa kerak.

O‘QING: Eng zo‘r pulli dasturlarning bepul analoglari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.