Windows 11 tizimini qo‘llab-quvvatlovchi Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  1346
  •  02.07.2021 10:33

Windows 11 tizimini qo‘llab-quvvatlovchi Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxati

Xabaringiz borki, Microsoft 24 iyun kuni Windows 11 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi. Bungacha esa biz uning videosini, oboylarini va ularni yuklab olish havolasini e’lon qilganmiz. Bundan tashqari, rasmiy namoyishidan oldin uning ISO-obrazi chiqqan, kuni kecha esa...

O‘QING: Microsoft ilk Windows 11 versiyasini tarqatdi – hoziroq rasman sinab ko‘rish mumkin!

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablar ro‘yxati chiqqan. Endi esa shu talabga javob berishi aniq bo‘lgan Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ham ma’lum bo‘ldi.

Intel protsessorlari:

  • Intel 8-avlod (Coffee Lake)
  • Intel 9-avlod (Coffee Lake Refresh)
  • Intel 10-avlod (Comet Lake)
  • Intel 10-avlod (Ice Lake)
  • Intel 11-avlod (Rocket Lake)
  • Intel 11-avlod (Tiger Lake)
  • Intel Xeon Skylake-SP
  • Intel Xeon Cascade Lake-SP
  • Intel Xeon Cooper Lake-SP
  • Intel Xeon Ice Lake-SP

AMD protsessorlari:

  • AMD Ryzen 2000
  • AMD Ryzen 3000
  • AMD Ryzen 4000
  • AMD Ryzen 5000
  • AMD Ryzen Threadripper 2000
  • AMD Ryzen Threadripper 3000
  • AMD Ryzen Threadripper Pro 3000
  • AMD EPYC 2-avlod
  • AMD EPYC 3-avlod

Qualcomm protsessorlari:

  • Snapdragon 850
  • Snapdragon 7c
  • Snapdragon 8c
  • Snapdragon 8cx
  • Snapdragon 8cx 2-avlod
  • Microsoft SQ1
  • Microsoft SQ2

Windows 11 operatsion tizimi bulardan oldingi chipsetlar bazasidagi qurilmalarda ham ishlashi mumkin – o‘z vaqtida Windows 10 bilan ham shunday bo‘lgan edi. Bunisiga endi kuzda, yangi operatsion tizimning yakuniy versiyasi taqdim etilgach aniqlik kiritiladi.

Darvoqe, yaqinda litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etilgan.

O‘QING: Windows 11 olti yillik... smartfonda ham ishlayapti! («jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.