Windows 11 vazifalar menejeri uchun ajoyib funksiya qo'shiladi

Windows 11 vazifalar menejeri uchun ajoyib funksiya qo'shiladi

Microsoft o'zining eng so'nggi Windows 11 operatsion tizimini yaxshilashda davom etmoqda. Operatsion tizimning ko'pgina katta va kichik o'zgarishlarga ega bo'lgan Sun Valley 2 yangilanishi chiqarilish sanasi yaqinlashar ekan, kompaniya foydalanuvchilar kuzda nimalar ko'rishi mumkinligini ko'rsata boshladi. Windows insayderlari uchun o'tkazilgan podkastda Microsoft Task Manager uchun yangi rangli dizayn xususiyatini qo'shayotganini ma'lum qildi. Bunda vazifalar menejeri foydalanuvchi tanlagan tizim ranggini qo'llab-quvvatlaydigan bo'ladi.

Windows 11 insayderlari Task Manager'ning butunlay yangi dizayndagi versiyasini allaqachondan beri sinab kelishmoqda va hozirda dastur ochilganida ilovalar foydalanayotgan resurslar ularning holatiga qarab och apelsinrang, apelsinrang va to'q apelsinrangda ko'rsatiladi. Biroq yangi qo'shilayotgan funksiyada bu rang tizim bo'ylab belgilangan mavzu ranggiga qarab moslashadigan bo'ladi.

Kompaniya shu va boshqa o'zgarishlarni 22H2 versiya yangilanishi bilan shu yilning kuz faslida barcha uchun chiqarishi kutilmoqda.

O'QING: YouTube Shorts uchun ham monetizatsiyasini test qilmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!