Windows 11’ga bepul o‘ta olasiz, ammo vaqti cheklangan!

  •   DiMaX
  •  953
  •  06.07.2021 10:57

Windows 11’ga bepul o‘ta olasiz, ammo vaqti cheklangan!

Microsoft korporatsiyasi 24 iyun kuni Windows 11 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi. Bungacha esa biz uning videosini, oboylarini va ularni yuklab olish havolasini e’lon qilganmiz. Bundan tashqari, rasmiy namoyishidan oldin uning ISO-obrazi chiqqan, yaqindagina esa...

O‘QING: Microsoft ilk Windows 11 versiyasini tarqatdi – hoziroq rasman sinab ko‘rish mumkin!

Operatson tizim namoyishida Microsoft korporatsiyasi oldingi avlod Windows foydalanuvchilari yangisiga bepul o‘tishlari mumkin bo‘lishini e’lon qilgan edi. Lekin, endi ma’lum bo‘lishicha, mazkur imkoniyat vaqt bo‘yicha cheklanar ekan.

«Talablarga javob beruvchi tizimlar uchun bepul yangilanishning aniq so‘nggi sanasi mavjud emas. Ammo Microsoft bepul yangilanishlarni to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Uning tugash vaqti yangilanishning keng ko‘lamli joriy etilishidan keyingi bir yildan so‘ng keladi», deyiladi Microsoft bayonotida.

Ya’ni, vaziyat unchalik xavotirli emas: oldingi avlod operatsion tizimli kompyuter va noutbuklarni Windows 11 talqinigacha bepul yangilash 2022 yil davomida mumkin bo‘ladi.

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablar ro‘yxati chiqqan. Biz esa shu talabga javob berishi aniq bo‘lgan Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxatlarini ham taqdim etganmiz. Shuningdek...

O‘QING: Windows 11 o‘rnatish mumkin bo‘lgan ASUS ona platalari ro‘yxati

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.