Windows 11’ga o‘tib ulgurmadingizmi? Microsoft esa allaqachon Windows 12’ni sinab ko‘ryapti! (+skrinshot)

  •   DiMaX
  •  891
  •  28.07.2021 14:21

Windows 11’ga o‘tib ulgurmadingizmi? Microsoft esa allaqachon Windows 12’ni sinab ko‘ryapti! (+skrinshot)

Microsoft korporatsiyasi bir oygina avval – 24 iyun kuni Windows 11 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazgan edi. Hali uning foydalanuvchilarga mo‘ljallangan barqaror versiyasi tarqatilmay turib, keyingi avlodi tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Windows 11'dan millionlab odamlar foydalanadigan qulay funksiyani olib tashlandi

Internetda navbatdagi avlod operatsion tizim – Windows 12 versiyasida ishlayotgan kompyuter ekranidan olingan ilk skrinshot tarqaldi. Bu – faqatgina Microsoft ichida test qilib ko‘rish uchun chiqarilgan Windows 12 Build 12.0.30000 jamlanmasidir:

Insayderning ta’kidlashicha, Windows 12 tizimining to‘laqonli sinov ishlari 2026 yilning o‘rtalaridagina boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablarga javob berishi aniq bo‘lgan Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxatlarini taqdim etganmiz. Bundan tashqari, ASUS kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan kompyuter ona platalaridan qaysilari yangi operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan. Shuningdek, litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etilgani ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Windows 7 tizimli kompyuter va noutbuk egalari ham Windows 11’ga o‘ta oladilar, ammo...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!