Windows 11’ni hozirdanoq kompyuter yoki noutbukka o‘rnata olasiz! (ISO-obraz havolasi)

  •   DiMaX
  •  2357
  •  17.06.2021 15:55

Windows 11’ni hozirdanoq kompyuter yoki noutbukka o‘rnata olasiz! (ISO-obraz havolasi)

Microsoft korporatsiyasi 24 iyun kuni Windows 11 operatsion tizimini taqdim etishi aniq bo‘lgan. Insayderlar esa allaqachon uning obrazini tarqatishgan: yangi tizim videosini, oboylarini va ularni yuklab olish havolasini kuni kecha e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Microsoft biryo‘la ikkita tizim chiqaryapti: Windows 11 SE versiyasi ham tayyor!

Rasmiy namoyishidan oldin Windows 11 operatsion tizimining dasturchilarga mo‘ljallangan 10.0.21996.1.co_release.210529-1541 jamlanmasi tarqalib ketdi. Uni allaqachon yuklab olib, kompyuter yoki noutbukka o‘rnatsa bo‘ladi, lekin uning hali yakuniy versiya emasligini yodda tutish lozim. Ya’ni, mazkur tizim to‘liq va to‘g‘ri ishlamasligi, hatto kompyuteringizni ishdan chiqarishi mumkin; shu boisdan, agar uni o‘rnatsangiz, barcha mas’uliyat o‘z zimmangizda.

Shunga qaramasdan Windows 11 operatsion tizimini sinab ko‘rishga qaror qilsangiz, mana bu havola orqali uning ISO-obrazini ko‘chirib olasiz. Keyin faylni ishga tushirib, operatsion tizimni yangilash bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qiling. Windows 11 tizimi kompyuteringizga o‘rnatilgan Windows 10 tizimining litsenziya kalitini o‘zi ilib olib, avtomatik tarzda faollashadi.

Agarda bu usul ish bermasa, u holda UltraISO utilitasi yordamida Windows 11 tizimining yuklovchi diskini yoki fleshkasini yaratib, undan ishga tushirish mumkin.

Yuqoridagi ikkala usul ham operatsion tizim o‘rnatishdan xabari bor bo‘lgan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Agarda bu borada tajribangiz bo‘lmasa, Windows 11 tizimini o‘rnatishga urinishingiz ijobiy yakun topmasligi mumkinligini yana bir bor eslatamiz.

Darvoqe, litsenziyasiz Windows hamda Office ishlatgan ayol 3600 yevro jarima va 6 oylik qamoqqa hukm etilganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Windows 10 «dafn etiladigan» aniq kunni Microsoft rasman aytdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!