Windows 11'ning zo‘r jihatini kutayotganlar biroz sabr qilishiga to‘g‘ri keladi

Windows 11'ning zo‘r jihatini kutayotganlar biroz sabr qilishiga to‘g‘ri keladi

Windows 11'ning eng e’tiborli jihatlaridan biri tizimning Android ilovalarini qo‘llab-quvvatlashidir. Vahlonaki, yangi operatsion tizimning bu xususiyatini intiqib kutayotganlar biroz sabr qilishlariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Siz ham Windows 11 interfeysini hoziroq sinab ko‘ra olasiz – uni o‘rnatish shartmas!

Microsoft'ning e’lon qilishicha, Android ilovalarining qo‘llab-quvvatlanishi 5-oktabr, ya’ni yangi OT taqdim qilinishi bilan amalga oshmaydi. Mazkur qulaylik keyingi oylar davomida insayder foydalanuvchilarga taqdim qilinadi.

Lekin yaxshi yangilik shuki, Windows 11'ning qolgan yangi xususiyatlari, jumladan, yangilangan interfeys, yangicha Boshlash tugmasi va o‘yin borasidagi takomillashuvlar dastlabki barqaror reliz bilan taqdim qilinadi.

O‘QING: Windows 11 tizimiga klassik «Pusk» menyusini qaytaramiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!