Windows 12 chiqarilishini yaqin kunlarda kutib ovora bo'lmang!

Windows 12 chiqarilishini yaqin kunlarda kutib ovora bo'lmang!

Shu yil boshida Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimining yangi avlodi, Windows 12 ustida ishlashni boshlangani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq Aaron Vudman, Windows'ning bosh marketing menejeri bu xabarlarni rad etdi.

Bir necha kun oldin Microsoft Windows 11'ning 2022-yildagi eng katta yangilanishi, Windows 22H2 versiyasini chiqardi va shu bilan birga, kompaniya Windows'ning xizmat ko'rsatish va yetkazib berish bo'yicha vitse-prezidenti Jon Kabel va Windows'ning marketing bo'yicha bosh menejeri Aaron Vudman bilan savol-javob ham o'tkazdi. Windows 12 mish-mishlari haqida so'ralganida Aaron Vudman bu borada hech qanday rejalardan xabardor emasligini va kompaniya e'tibori Windows 11 uchun yillik funksiya yangilanishlarini chiqarishga qaratilganligini ma'lum qilgan. 

Ammo, bu Windows 11 so'nggi Windows versiyasi degani emas. Kompaniya hozircha Windows 11'dan boshqa narsa haqida hech qanday ma'lumotlar ulasha olmaydi va navbatdagi Windows uchun brend nomi kabi marketing qarorlari hozircha ochiqlanmaydi.

Uzunquloq xabarlariga ko'ra, Windows 12 uchun yangi kod nomi Next Valley (Windows 11/Sun Valley) bo'lib, u katta ehtimol bilan 2024-yilda chiqarilishi mumkin

O'QING: Windows 8.1 uchun hayot tugamoqda