Windows 7 hamda Windows XP’da jiddiy xavf bor – tezda yangilab oling!

  •   DiMaX
  •  1499
  •  15.05.2019 15:58

Windows 7 hamda Windows XP’da jiddiy xavf bor – tezda yangilab oling!

TechRadar nashrining yozishicha, Windows operatsion tizimining eski versiyalarda ishlayotgan kompyuterlar xavf ostida. Ularga bundan ikki yil avval tarqalgan WannaCry’ga o‘xshash shifrlovchi viruslar tushishi ehtimoli bor.

O‘QING: WannaCry zarar yetkazgan davlatlar xaritasida O‘zbekiston ham bor

Microsoft kompaniyasidan aniqlik kiritishlaricha, virus yuqtirgan kompyuterlar uni boshqa himoyasiz tizimlarga ham tarqatishi mumkin. Buning uchun hatto foydalanuvchining aralashuvi ham kerak bo‘lmaydi.

Ayni damda ma’lum bo‘lishicha, Windows 7, Windows 2008 R2, Windows 2008, Windows 2003 hamda Windows XP talqinlaridagi operatsion tizimlar himoyalarida shu virus tushishi mumkin bo‘lgan «tuynuk» mavjud. Biroq Microsoft ulardagi ushbu nuqsonni bartaraf etuvchi xavfsizlik patchlarini ishlab chiqqan.

Agarda siz ham kompyuter yoki noutbukingizda mana shu tizimlardan birini ishlatayotgan bo‘lsangiz, ushbu havola orqali Microsoft TechNet saytiga o‘tib, tegishli patchni o‘rnatib olishingizni tavsiya etamiz.

O‘QING: Windows 10’ga qarshi Windows 7: qay biri xavfsizroq?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!