Windows 7 ishlatasizmi? Yana bitta noxush xabar bor...

  •   DiMaX
  •  1530
  •  05.03.2020 13:19

Windows 7 ishlatasizmi? Yana bitta noxush xabar bor...

 Microsoft korporatsiyasi joriy yilning 14 yanvar kuni Windows 7’ning iste’molchilarga mo‘ljallangan versiyasini qo‘llab-quvvatlashni rasman to‘xtatgan. Lekin kompaniya mazkur operatsion tizim talqinining «janozasi o‘qigan» bo‘lsa-da, uni butkul «dafn etish»ga shoshilmayapti.

O‘QING: Microsoft allaqachon «janozasi o‘qilgan» Windows 7’ni kutilmaganda bepul yangilayapti!

Help Net Security kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari Windows 7 operatsion tizimi ostidagi kompyuter va noutbuklarga qilinayotgan hujumlarning birdaniga oshib ketganini aniqlashgan. 2020 yilning dastlabki ikki oyidayoq xakerlarning bu tizimli qurilmalarga «qiziqish»lari naq 2,25 karra yuqori bo‘lgan! Tag‘in bunda viruslarning 93,6 foizi har bir kompyuter uchun betakror bo‘lgan – bu esa kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir!

Eng ko‘p kiberhujumlarga jismoniy shaxslarning shaxsiy kompyuterlari uchragan; ularning 35 foizi kamida uch marta, yana 10 foizi esa olti va undan oshiq xakerlik hujumiga uchragan.

Help Net Security ekspertlari bu tadqiqotlar davomida 37 milliarddan oshiq URL-manzil, 842 million domen nomi, 4 milliard IP hamda 31 million mobil ilovani tahlil qilib chiqishgan. Eng keng tarqalgan hujum turlaridan biri – fishing bo‘lib, ularning miqdori naq 640 foizga oshgan. Internet-firibgarlar boshqalarning ma’lumotlarini o‘g‘irlash uchun Facebook, Microsoft, Apple, Google, PayPal va Dropbox kabi saytlarning feyk versiyalarini yaratishmoqda. Ularni ko‘proq foydalanuvchilarning to‘lovlar bilan bog‘liq ma’lumotlari qiziqtirayotir.

O‘QING: Yo‘qolgan yo o‘g‘irlangan plastik kartangizni qanday bloklab qo‘yishni bilasizmi?