Windows 7 tizimli kompyuter va noutbuk egalari ham Windows 11’ga o‘ta oladilar, ammo...

  •   DiMaX
  •  641
  •  07.07.2021 16:43

Windows 7 tizimli kompyuter va noutbuk egalari ham Windows 11’ga o‘ta oladilar, ammo...

Kuni kecha biz Windows 10 operatsion tizimli kompyuter yoki noutbuklarni Windows 11 talqinigacha bepul yangilash vaqti cheklanganini e’lon qilgan edik. Microsoft korporatsiyasi endi undan ham oldingi avlod operatsion tizimli qurilmalarga eng yangisini o‘rnatish shartlarini ham ma’lum qildi.

O‘QING: Microsoft ilk Windows 11 versiyasini tarqatdi – hoziroq rasman sinab ko‘rish mumkin!

Ma’lum bo‘lishicha, Windows 7 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlayotgan qurilmalarni ham, agar texnik jihatdan mana bu yerda ko‘rsatilgan talablarga mos kelsa, Windows 11 talqiniga o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Lekin buni Windows 10 talqinidan o‘tgandagi kabi tizimni yangilash bilan amalga oshirish imkoni yo‘q.

Windows 7 tizimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri eng yangi operatsion tizim versiyasiga yangilanish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday gadjetlar egalari Windows 11 tizimini to‘liq boshqatdan (tizim o‘rnatuvchi disk yoki fleshka yordamida) o‘rnatishlariga to‘g‘ri keladi.

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablarga javob berishi aniq bo‘lgan Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxatlarini taqdim etganmiz. Bundan tashqari, ASUS kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan kompyuter ona platalaridan qaysilari yangi operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan. Shuningdek...

O‘QING: Windows’ni fleshkaning o‘ziga o‘rnatib olib, istalgan kompyuterda ishga tushiramiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.