Windows 95’ni zamonaviy kompyuterlar uchun ilovaga aylantirishdi

  •   Saroy
  •  1769
  •  24.08.2018 17:29

Windows 95’ni zamonaviy kompyuterlar uchun ilovaga aylantirishdi

Gadjet ishqibozlari orasida eski Windows 95 tizimini barcha qurilmalarga o‘rnatish an’anasi mavjud. Uni hatto Apple Watch soatiga ham o‘rnatishgandi. Dasturchi  Feliks Rizeberg sog‘inch azoblarini yengillashtirish uchun zamonaviy kompyuterlar uchun Windows 95 ilovasini yaratib qo‘ya qoldi.

Windows 95 bilan ilovani yangi Windows, macOS va Linux’ga o‘rnatish mumkin.

Endi virtual mashinani yuklash, nimanidir sozlash shart emas,  shunchaki ilovani o‘rnatsangiz bo‘ldi va eski lekin ishlab turgan Microsoft tizimini qabul qilib olasiz.

Shu yo‘l bilan ilgari kompyuterlarda interfeys qanday ko‘rinishini eslashingiz mumkin yoki bolalaringizga ko‘rsatishingiz mumkin. Yagona kamchiligi shuki,  Internet Explorer brauzeridan foydalanib bo‘lmaydi, u har doim xato ko‘rsatadi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!