Windows 95 tizimi 25 yoshda: Microsoft dizaynning chorak asrlik evolyusiyasini qisqa videoda ko‘rsatdi

  •   DiMaX
  •  758
  •  26.08.2020 12:45

Windows 95 tizimi 25 yoshda: Microsoft dizaynning chorak asrlik evolyusiyasini qisqa videoda ko‘rsatdi

Bundan 25 yil avval, 1995 yilning 24 avgustida Windows 95 operatsion tizimi rasman taqdim etilgan edi. Uning chorak asrlik yubileyi munosabati bilan Microsoft korporatsiyasi qisqa videolavha tayyorladi.

O‘QING: Windows 95’ni zamonaviy kompyuterlar uchun ilovaga aylantirishdi

Windows operatsion tizimining dizaynidagi asosiy unsurlarning qanday o‘zgarib kelganligi 38 soniyalik rolikda tezkorlik bilan aks ettirilgan. Jumladan, kompaniya mashhur «Pusk» menyusi, «Savatcha» – «Korzina» belgichasi, shuningdek, tizimning o‘ziga o‘rnatilgan ayrim o‘yinlarga diqqatni qaratgan. Shu bilan birga, Windows logotipining transformatsiyasi, topshiriqlar panelining dizaynidagi evrilishlar ham e’tibordan chetda qolmagan.

Aytish kerakki, operatsion tizimning hozirgi talqini Windows 10 bo‘lib, dizaynerlardan biri undan keyingi versiyasi qanaqa bo‘lishini o‘z fantaziyasi asosida videolavha shaklida namoyish etgan.

O‘QING: Windows’da ishlashni osonlashtiruvchi 12 ta tugmachalar kombinatsiyasi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.