Windows emblemasi nima qila oladi?

Windows emblemasi nima qila oladi?

Windows operatsion tizimi bilan ishlaganda, ish unumdorligini oshirish maqsadida klaviaturadagi maxsus Windows emblemasidan foydalanshni maslahat beraman. Bu tugma odatda klaviaturaning 2 joyida uchraydi: chap tomon CTRL va ALT tugmalari o‘rtasida, o‘ng tomon ALT va «svoystvo» chiqaradigan tugma o‘rtasida. Demak quyidagi kombinatsiyalarni bir marotaba yaxshilab yodlab oling.

Windows emblemasi – «PUSK» menyusini ochish yoki yopish

Windows emblemasi + PAUSE – Sistemani(Windows)“svoystvo” sini ko‘rish.

Windows emblemasi + D – Ish stolini ko‘rish(Barcha oynalar ekranning quyi qismiga tushadi va ish stoli ochiladi).

Windows emblemasi + M – Barcha oynalarni“svernut” qilish(quyi qismga tushirish).

Windows emblemasi + SHIFT+M – “svernut” qilingan oynalarni ish stoliga chiqarish.

Windows emblemasi + E – “Moy kompyuter” oynasini ochish.

Windows emblemasi + F –  fayl va papkalarni qidirish oynasini ochish

CTRL+ Windows emblemasi + F – kompyuterlarni qidirish oynasini ochish(tarmoqdagi kompyuterlarni qidirish uchun).

Windowse emblemasi + L – kompyuterni blokirovka qilish yoki foydalanuvchini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.

Windows emblemasi + R“Vipolnit” oynasini chaqirish.

Windows emblemasi + T – “Panel zadach”  (yekranning quyi qismida(«PUSK» yonida)) dagi dasturlarni birin ketin aktiv holatga o‘tkazish.

Windows emblemasi + biror son – kiritilgan songa mos holda, “Panel zadach” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ishga tushirish.

CTRL+Windows emblemasi + biror son — kiritilgan songa mos holda, “Panel zadach” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni oxirgi aktiv oynasini ochish.

SHIFT+Windows emblemasi + biror son — kiritilgan songa mos holda, “Panel zadach” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni yangi nusxasini ochish.

ALT+Windows emblemasi + biror son — kiritilgan songa mos holda, “Panel zadach” da joylashgan shu songa mos keluvchi dasturni ochilgan barcha nusxalarini ko‘rish.

Windows emblemasi + TAB — Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirish.

CTRL+Windows emblemasi + TAB – Ishlayotgan barcha dasturlarni 3D ko‘rinishda bir biri bilan almashtirishda, oldin qotirib so‘ng TAB tugmasi orqali o‘tish.

Windows emblemasi + PROBEL – Ish stolini ko‘rish(Faqat shu knopkalarni bosib turgan holda ko‘rish mumkin. Qo‘yib yuborsa yana eski holatga qaytadi).

Windows emblemasi + Yuqori STRELKA – aktiv oynani to‘liq ekran bo‘ylab ochib beradi.

Windows emblemasi + ChAP STRELKA – aktiv oynani chap tomon bo‘ylab ochib beradi(chap tomon to‘liq to‘lgan holda).

Windows emblemasi + O‘NG STRELKA — aktiv oynani o‘ng tomon bo‘ylab ochib beradi(o‘ng tomon to‘liq to‘lgan holda).

Windows emblemasi + QUYI STRELKA – aktiv oynani boshlang‘ich holatga qaytaradi.

Windows emblemasi + HOME – aktiv oynadan boshqa barcha oynalarni ekranning quyi qismiga joylashtiradi

Windows emblemasi + SHIFT +YuQORI STRELKA – aktiv oynani yuqori va quyi qismini ekrannng oxirigacha kengaytiradi.

Windows emblemasi + P – Ekranga chiqarish rejimini o‘rnatish.

Windows emblemasi + U – “Sentr spetsialniy vozmojnosti” oynasini ochib beradi.

Manba: ITportal.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!