Windows kompyuter ishlatadigan iPhone egalari uchun xushxabar!

Windows kompyuter ishlatadigan iPhone egalari uchun xushxabar!

O'zining kechagi Surface taqdimoti davomida Microsoft kompaniyasi Apple'ning iCloud bulutli xotira xizmati Windows 11'ning Photos ilovasi bilan integratsiyalashayotganini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, o'zlarining Windows kompyuterlariga iCloud dasturini Microsoft Store'dan yuklab olib, uni Windows'ning Photos ilovasi bilan sinxronlashtirish orqali, iPhone egalari smartfonlaridagi suratlarni kompyuterda ham ko'rish imkoniga ega bo'ladilar. Hozirda ushbu xususiyat Windows Insider dasturi foydalanuvchilari uchun ochiq, ya'ni u sinov versiyada.

Shuningdek, Apple ham o'zining eng ko'p foydalaniladigan striming xizmatlari, Apple Music va Apple TV platformalarini Windows'ga qo'shilishini ma'lum qildi. Ta'kidlash joizki, ushbu xizmatlar foydalanuvchilari Windows'da shu kungacha ularga faqat brauzer orqali veb-saytga kirish bilan foydalana olishar edi. Ammo, keyingi yildan boshlab ushbu xizmatlarning Windows ilovalari Microsoft Store'ga chiqariladi va bu ularga Apple xizmatlaridan Microsoft qurilmalarida tabiiy ravishda foydalanish imkonini beradi. Hozirda Apple Music xizmati allaqachon Xbox konsollari chiqarib bo'lingan.

O'QING: Microsoft o‘zining yangi qurilmalarini taqdim etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!