Windows operatsion tizimida endi Play Store'dan o‘yinlar yuklab olish mumkin

Windows operatsion tizimida endi Play Store'dan o‘yinlar yuklab olish mumkin

Google kompaniyasi Windows operatsion tizimida Play Store'dan o‘yin yuklab olish uchun beta sinov davrini boshladi. Ammo hozirda faqat cheklangan hududdagi foydalanuvchilar bundan foydalanishlari mumkin. 

Google o‘zaro o‘yinni qo‘llab-quvvatlashni qanday amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida aniq hech qanday ma’lumot bermadi. 

Ba’zi foydalanuvchilar uchun Google Play'ning ish stoli versiyasida “Windows'da yuklab olish“ tugmasi paydo bo‘ldi va uni bosish Windows uchun mo‘ljallangan faylni yuklab oladi. 

Hozirda Janubiy Koreya, Gong Kong va Tayvandagi foydalanuvchilar ushbu imkoniyatdan foydalana oladilar. Boshqa hududdagilar ham o‘z kompyuterlarida Google Play'dan o‘yin yuklab olishlari mumkin. 

Yaqin orada foydalanuvchilar o‘zlarining sevimli Android o‘yinlarini kompyuterda ham o‘ynashlari mumkin bo‘ladi. Google esa o‘yin yaratuvchilaridan o‘yinlarni kompyuter klaviaturasi va sichqoncha bilan ham yaxshi ishlay olishini so‘ramoqda. 

O‘QING: Samsung Galaxy S22 seriyasi qaysi sanada taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi