Windows operatsion tizimida «autoload»ni boshqarish

Windows operatsion tizimida «autoload»ni boshqarish

Windows operatsion tizimiga, ba’zi dasturlarni o‘rnatganda(misol uchun Mail Agent, kasperskiy) ular avtomat tarzda «avtozagruzka» qismiga tushadi va har operatsion tizim yuklanganda shu dastur avtomat ishga tushadi. Ba’zi foydalanuvchilar bu jarayonni e’tiborsiz qoldirishadi. Bu esa tizim yuklanishini juda sekinlashtiradi.

Ba’zan dasturlarni avtomat ishga tushishi, ishni tezroq boshlashga yordam berishi yoki esdan chiqgan jarayonlarni avtomat yuklashi sababli foydali bo‘lishi mumkin,
lekin bunday dasturlarni ko‘payib ketishi ish jarayoni sekinlashishiga katta sabab bo‘lib qoladi.

Shularni inobatga olgan holda man sizlarga dasturlarni avtomat ishga tushirish jarayonini boshqarish (avtomatikani o‘chirish yoki yoqish) usullarini ko‘rsatib o‘taman. Demak boshladik.

1. Reyestr orqali. Reyestrni chiqarish uchun Windows (windows 7, windows vista, windows xp) operatsion tizimida PUSK->VIPOLNIT(yoki win+R) va paydo bo‘lgan oynaga regedit buyrug‘ini beramiz va OK.

reg

Biroz kutamiz va HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Run adreseni qidiramiz. Barcha «avtozagruzka» lar ga shu adres javob beradi.

HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Run adres esa har bir foydalanuvchining shaxsiy dasturlarini avtomat ishga tushiruvchi adresdir. Kerak emas dastur topiladi va sichqonchani o‘ng tomoni bosilib “Udalit” komandasi beriladi.

regedit

«Avtozagruzka» papkasi orqali. Bu papka windows katalogida joylashgan bo‘ladi yoki «PUSK» orqali topiladi. PUSK->PROGRAMMI->AVTOZAGRUZKA.

avto

Kerakli dastur tanlanadi va sichqonchani o‘ng tugmasi bosilib, «Udalit» buyrug‘i beriladi. Avtomat ishga tushishi lozim bo‘lgan dastur shu adresga nusxalanadi.

Utilita orqali. Operatsion tizimning utilitasini chaqirib shu orqali «avtozagruzka» ni boshqaramiz. Utilitani chaqirish: PUSK-> VIPOLNIT va msconfig buyrug‘ini beramiz.
msconfig

Hosil bo‘lgan oynaning «avtozagruzka» qismi(vkladkasi)ga o‘tamiz va kerak bo‘lmagan dasturdan belgi (ptichka) ni olib tashlaymiz va OK tugmasini bosib ishni yakunlaymiz.

msconfig_2

Maxsus dasturlar orqali. «Avtozagruzka» ni boshqarishda bir qancha dasturlardan ham foydalanish mumkin. Misol uchun TUNEUP, AUTORUNS,…
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, «avtozagruzka»ni boshqarishda operatsion tizimning utilitasidan(msconfig) foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, adashib olib tashlangan dasturni utilita orqali qayta tiklash imkoni mavjud. Reyestr bilan ishlashni maslahat bermayman, bu operatsion tizimning yuragi hisoblanadi. Faqatgina professional foydalanuvchilar reyestrni ichini titkilashlari mumkin.

Manba: ITportal.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!