Windows operatsion tizimida kompyuterni avtomat o‘chirish usullari

Windows operatsion tizimida kompyuterni avtomat o‘chirish usullari

Kompyuter bilan ishlash davomida, kompyuter yordamida uzoq vaqt bajariladigan ishlarga duch kelib qolamiz. Bu vazifalarni bajarishni kechqurunga qo‘yib, keyin uxlashga yotamiz. Misol uchun, katta hajmdagi fayllarni internetdan ko‘chirish, disklarni defragmentatsiya qilish, katta hajmdagi fayllarni arxivlash,… .Bu vazifalar kechaning biror qismida yakunlanadi, lekin kompyuter ishlashda davom etadi. Ertalab uyg‘onganingizdan so‘ng, kompyuterni o‘chirasiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, kompyuter kechaning bir qismida hech qanday vazifa bajarmaydi va bekor yoqilib turadi. Bu esa elektr energiyani zoya ketishiga olib keladi.

Yuqoridagiga o‘xshagan muammolarni yechish uchun, operatsion tizimlarda, kompyuterni avtomat o‘chirish funksiyasi ishlab chiqilgan. Bu maqolamda Windows 7 operatsion tizimida tekshirib ko‘rilgan, kompyuterni avtomat o‘chirish funksiyasini ishlatishni ko‘rsataman. Qanday qilib kompyuterni avtomat o‘chirish mumkinligini 2 usulini yoritib beraman. Birinchisi «komandnaya stroka» orqali, ikkinchisi grafika orqali. Birinchi usuli Windows operatsion tizimining boshqa versiyalarida ham ishlaydi, grafik usuli esa Windows’ning boshqa versiyalarida boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.

Windows operatsion tizimida kompyuterni o‘chirishga, «shutdown» komandasi javob beradi. Bu komanda bilan birga bir necha kalit harflarni ham berish mumkin. Demak boshladik.

1-usul: PUSK -> Programmi -> Standartnie -> Komandnaya stroka, yoki PUSK -> Vipolnit -> cmd

cmd

Bu qora ekranga quyidagi komandani berib, shutdown komandasining barcha kalit harflarini ko‘rib olishimiz mumkin.

C:\> shutdown /?

Biz uchun eng muhim 3 ta kalit harf mavjud, bular:

S — kompyuterni o‘chirish(aktiv dasturlar bo‘lsa ham).

T — nechi soniyadan so‘ng o‘chirish kerakligini berish

A— o‘chirishni bekor qilish

davom etamiz, kompyuterni avtomat o‘chirish uchun, quyidagi komandani qora ekran(cmd)ga yozamiz.

C:\> shutdown -s -t 3600

Bu komanda orqali biz, operatsion tizimga, 1 soatdan so‘ng kompyuterini o‘chirishimiz kerakligini bildirmoqdamiz(vaqtni istalgancha o‘zgartirishimiz mumkin, faqat sekundda berish lozim). Shundan so‘ng hisoblagich ishga tushadi va 1 soatni hisoblashni boshlaydi. Bu komandani bekor qilish uchun quyidagi komanda beriladi.

C:\> shutdown -a

2-usul: Bu usul yuqoridagi komandalarni grafik orqali bajaradi. Eng avvalo biror «vazifa» yaratiladi va bu «vazifa»ni ishga tushirish vaqti o‘rnatiladi.

PUSK -> Panel upravleniya -> Administrirovaniye -> Planirovщik zadaniye

job_1

Shundan so‘ng «vazifa» hosil qilinadi(Menyu orqali).

Deystviye -> Sozdat prostuyu zadachu

job_2

Ism beriladi, bizning holda «OFF». Daleye

job_3

Quyidagi oyna orqali bu yaratilgan vazifa nechi marotaba ishga tushish kerakligi belgilanadi(bir marotaba, har kuni, har hafta,..), biz bir marotaba(odnokratno) bandini tanlaymiz. Daleye

job_4

Kerakli kun va vaqt o‘rnatiladi. Daleye

job_5

Dasturni ishga tushirish funksiyasi belgilanadi(Zapustit programmu, chunki shutdown ishga tushuvchi fayldir).

Shundan so‘ng C:\Windows\System32\shutdown.exe adresi orqali ishgu tushuvchi fayl(shutdown) tanlanadi va argumentga «-s» «-t» yoziladi. Daleye va Gotovo.

Vazifa hosil qilindi va ishga tushish vaqtlari o‘rnatildi. Ana endi vaqtni o‘rnatib, bemalol uhlashingiz ham mumkin bo‘ladi.

Manba: ITportal.uz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!