Windows tizimi 35 yoshda: uning barcha versiyalarini yodga olamiz

  •   DiMaX
  •  1087
  •  21.11.2020 16:13

Windows tizimi 35 yoshda: uning barcha versiyalarini yodga olamiz

Microsoft bundan roppa-rosa 35 yil muqaddam, 1985 yilning 20 noyabr sanasida o‘zining Windows operatsion tizimini taqdim etgan edi. MS-DOS o‘rnini egallagan Windows 1.0 talqini ko‘plab yangi elementlarga ega bo‘lib, ular hozirgacha qo‘llanmoqda. Bular – dialog oynalari, varaqlash tasmachasi (polosa prokrutki), shuningdek, Bloknot hamda Paint kabi dasturlardir.

O‘QING: Windows 10'ni tezlashtirish uchun 10 maslahat

Windows 1.0 tizimida ilk bor sichqoncha qo‘llab-quvvatlashi paydo bo‘lgan; dastlab ko‘pchilik foydalanuvchilar, klaviaturada buyruqlarni terish o‘rniga bu tizimda sichqoncha ishlatilishidan shikoyat qilishgan.

Operatsion tizimning birinchi versiyasi ishlashi uchun ikkita disketa, 256 kilobayt hajmli tezkor xotira va grafik karta talab etilardi. Bordiyu bir nechta dastur ishlatish kerak bo‘lsa – u holda qattiq disk va 512 KBlik «operativka» zarur edi.

Quyida Windows operatsion tizimining hozirgacha bo‘lgan barcha talqinlari interfeysidan olingan skrinshotlarni keltirib o‘tmoqdamiz.

Windows 1.0, 1985 yil:

Windows 2.0, 1987 yil:

Windows 3.0, 1990 yil:

Windows NT 3.5, 1994 yil:

Windows 95, 1995 yil:

Windows 98, 1998 yil:

Windows ME, 2000 yil:

Windows 2000 (Win2K yoki NT 5.0), 2000 yil:

Windows XP, 2001 yil:

Windows Vista, 2007 yil:

Windows 7, 2009 yil:

Windows 8, 2012 yil:

Windows 10, 2015 yil:

Windows 10, 2020 yil:

Shunday qilib, oradan o‘tgan 35 yil ichida bu tizimning jami 13 ta yirik relizi chiqqan. Keyingi yilda qo‘sh ekranli qurilmalar, qayishqoq displeyli noutbuklarda ham ishlash mumkin bo‘lgan Windows 10X versiyasi chiqishi kutilmoqda.

O‘QING: Windows 10 uchun eng zo‘r 22 ta antivirus: mutlaqo bepullari ham bor!