Windowsdan “Boshqaruv paneli” olib tashlanadi

Windowsdan “Boshqaruv paneli” olib tashlanadi

Salkam o‘ttiz yildan beri (1987 yilda Windows 2.0 chiqqandan boshlab) Windows operatsion tizimining turli versiyalarida “Boshqaruv paneli” mavjud. Ammo bu paneldan voz kechish vaqti keldi, demoqda Microsoft programmasining rahbari Brendon LeBlank (Brandon LeBlanc). Unga ko‘ra “Boshqaruv panel”“Parametrlar”ga o‘zgartiriladi.

 

Microsoft an’anaviy kompyuterlar va sensor ekranli kompyuterlar uchun yagona operatsion tizim yaratishga kirishgandan so‘ng ikkita sozlash ilovasi yuzaga keldi. Windows 10da maxsus sensor ekranlarga mo‘ljallangan yirik elementlar qo‘shib muammoga bir qadar yechim topishgan, “Pusk” menyusi ham takomillashtirilgan ko‘rinishda.

Microsoft vitse-prezidenti Gabriel Eul (Gabriel Aul) Windowsda bir vaqtning o‘zida “Boshqaruv paneli” va “Parametrlar” mavjud bo‘lishi ishni murakkablashtiradi, operativ xotiraga yuklanish ortadi, deb hisoblaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, Windows 8ga qadar Microsoft operatsion tizimi parametrlarini sozlash uchun faqat “Boshqaruv paneli” bor edi. Windows 8da esa “Parametrlar” deb nomlangan alohida sozlamalar ekrani ham qo‘shildi. Yangi interfeys sensor ekranlarga qulaylik yaratish uchun ishlab chiqilgan, tabiiyki sozlash punktlari soni ham ko‘paygan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!