Word, Excel va boshqa Office dasturlarining yangi dizayni taqdim etildi (+video)

  •   DiMaX
  •  1199
  •  22.07.2020 13:26

Word, Excel va boshqa Office dasturlarining yangi dizayni taqdim etildi (+video)

Microsoft 365 ofis to‘plamidagi barcha ilovalarning interfeysi o‘zgarmoqda. Ularning barcha qurilmalar – kompyuter, planshet va smartfonlarga mo‘ljallangan dasturlari yangicha dizayn kasb etyapti.

O‘QING: Android-smartfonlar uchun Microsoft antivirusi taqdim etildi

Ofis ilovalarining yangi dizaynidagi asosiy jihat – minimalizm hamda foydalanuvchining diqqati hujjatning kontentiga qaratilishidir. Microsoft bunda birinchi o‘rinda oynaning yuqori qismida joylashuvchi lentani to‘liq qayta ishlab chiqqan. U endi ekranda kamroq joy oladi va ayni damdagi sharoitga qarab moslashadi – faqat hozir kerakli funksiyalar ko‘rinadi va hokazo. Boshqa sozlamalarni tezkor topish uchun esa qidiruv oynachasi hamisha ko‘rinib turadi.

Microsoft o‘z ofis ilovalarini Fluent Design dizayni standartlariga moslashtirgan. Endi ularning interfeysida shaffof unsurlar va «sokin» ranglar ko‘proq.

O‘QING: Endi Word, Excel va PowerPoint bitta ilovada

Shuningdek, dasturchilar oyna tepasidagi katta rangli tasmadan voz kechishdi. Microsoft ofis to‘plamidagi har bir ilova interfeysidagi shu polosa bilan ajralib turardi: Word’da ko‘k, Excel’da yashil, PowerPoint’da esa qizil bo‘lardi. Yangi dizaynda esa ilovani ekran burchagidagi ikonka orqali farqlash mumkin bo‘lyapti.

Shuningdek, kompaniya bu to‘plamdagi barcha dasturlarning interfeysini bir xillashtirishga harakat qilgan; ular turli operatsion tizimlardagi har xil qurilmalarda deyarli bir xil ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Office ilovalarining yangi dizayni barcha foydalanuvchilarga qachon taqdim etilishini Microsoft hozircha aytmagan. Buning uchun bir yildan ikki yilgacha vaqt kerak bo‘lishi mumkin.

O‘QING: PDF-faylni Word’ga o‘girishning 15 ta bepul usuli

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!