Wylsacom allaqachon Galaxy Z Fold 3’ni mentolli Coca-Cola’ga solib sinab ko‘rdi («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  733
  •  14.08.2021 15:43

Wylsacom allaqachon Galaxy Z Fold 3’ni mentolli Coca-Cola’ga solib sinab ko‘rdi («jonli» video)

Samsung kompaniyasi Galaxy Z Fold 3 buklamafonini taqdim etayotib, uning korpusi IPX8 darajasida himoyaga ega ekanligini aytib maqtangan. Bu – buklama gadjetlarning suvdan himoyasini belgilovchi yangicha standartdir.

O‘QING: 11 avgustda Samsung taqdim etgan barcha gadjetlar oltita rasmiy videoda!

Wylsacom taxallusi bilan tanilgan mashhur videobloger Valentin Petuxov janubiy koreyaliklarning eng yangi buklamafoni suvdan qanchalik himoyalanganini tekshirib ko‘rdi. Bunisi-ku, mayli, Samsung Galaxy Z Fold 3 modelini u oddiy suvga emas, balki Coca-Cola’li idishga solib sinadi, tag‘in stakan ichiga mentol ham solib yubordi!

Mana, yaxshisi – bu antiqa test jarayonini o‘zingiz tomosha qiling:

Guvohi bo‘layotganingizdek, Samsung’ning yangi buklamafoni bilan birga, Valentin kolali stakanga o‘zining suvdan himoyali iPhone’ini ham solib sinab ko‘rgan. Har ikkala smartfon ham imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa-da, biz sizlarga o‘z telefonlaringiz ustida bunaqa tajribalar o‘tkazishingizni tavsiya etmaymiz.

O‘QING: Smartfoningiz haliyam suvga chidamlimi yoki yo‘q? Bu ilova masalaga oydinlik kiritadi