X — xaypojorlar. Kim iPhone X’ dan nusxa ko‘chirayapti?

  •   Saroy
  •  1446
  •  11.05.2018 19:07

X — xaypojorlar.  Kim iPhone X’ dan nusxa ko‘chirayapti?

Apple navbatdagi gadjetini chiqarishni rejalashtirayotgan bir paytda vendorlar kutilayotgan modelni yaxshilab ko‘rib chiqib, tashqi ko‘rinishini biroz o‘zgartiradi, qarabsizki, yangi smartfon bozorga chiqib turibdi-da. Xo‘sh, ular kim va nega ko‘chirmakashlik bilan shug‘ullanayapti.

Siz shundog‘am iPhone X haqida juda yaxshi bilasiz. Lekin baribir ularning o‘ziga xos tomonlari haqida so‘z yuritamiz. Displeyning yuqori qismidagi katta bo‘lmagan maydoncha dinamika, kamera va datchiklar panjarasi ostiga berilgan. Bu kabi unsurlar oz emas: oddiy «frontalka», sensor TrueDepth, IK-datchik, True Tone va yana bir nechta. Ularning shunday joylashgani bois muhandislar qo‘sh asosiy kameraga e’tiborni qaratgan. Boshqacha bo‘lganda bularning hammasi korpusga sig‘magan bo‘lardi. Darvoqe, qo‘sh kamera shunchaki qo‘yilmagan, u juda sifatli portret qila oladi.

iPhone’ning dizayni metamorfoziga yetarlicha sabab bor. Apple muhandislari bularning barchasini nafaqat romsiz displeyga joylashtira olgan, balki mahsulotning smartfon bozorida tez tanilishi uchun ham ancha-muncha mehnat qilishgan.

iPhone X’ ning noodatiy ko‘rinishida ma’no bor. Haqiqatan ham katta miqdorda sensorlar o‘rnatilgan, bunga qo‘shimcha ravishda dizayn ham o‘ziga xos. Ular bilan tanishganimizda shuni ko‘rsatyaptiki,  iPhone X’ ga o‘xshamoqchi bo‘lgan qurilmalar uchun bu usul foyda bermaydi.

 Displey

Shuni eslatib o‘tishimiz kerakki, birorta «izdoshi» iPhone X’ ning TrueDepth datchiklariga raqobat qila olmaydi.

Doogee V: bu smartfon juda sezilarli darajada romsiz yasalgan va shundog‘am romsiz apparatga bu yarashmagan. Lekin daktiloskop displey ostiga yashirilgan va bu ancha omadli chiqqan.

Leagoo S9: iPhone’ga o‘xshaydi lekin  chiroyli chiqmagan. Qisqasi, nimaga da’vo qilyapti hech kim aytolmaydi.  interfeys OS’ni esa umuman yaxshilamagan.

Noa n10:  promo-foto dan tashqari, yana o‘sha kamchilik: interfeys kesilib qolgan, ikonkalar o‘ziga ajratilgan joyga arang joylashgan.

OPPO R15: yana bir “qahramon”.

OTOT V5801: bu smartfon shu kabi dizayner yechimining barcha yetishmavchiliklarini o‘zida jamlagan.

Oukitel U18 va Oukitel U19: bu juftlikning tashqi ko‘rinishi bir xil ko‘rinish olgan.

UleFone T2 Pro: ham shu ro‘yxatga tushib turibdi.

ASUS ZenFone 5: iPhone X’ ga o‘xshashdan bu brend ham chetda qolmagan.

Kamera

Kamerani o‘xshatish ham san’at hisoblanadi, To‘g‘ri, yuqoridagi nomi aytib o‘tilgan kompaniyalarning barchasi ham bu ro‘yxatga kirmagan, lekin bir qismi bor.

Leagoo S9: Bu ma’nisiz va shafqatsiz o‘xshatish. Yordamchi ob’yekt matritsasi bor-yo‘g‘i 2 Mp.

OTOT V5801: dizayn faqat dizayn uchun qilingan. Avvalgi modeliga qaraganda bunda haqiqatan ham ikkinchi ob’yekt yo‘q.  Uning o‘rnini chaqmoq egallagan. Lekin iPhone X’nikiga o‘xshaydi.

Oukitel U19: yana bir nusxa ko‘chiruvchi.

Ulefone T2 Pro: bu modelda ba’zi narsalar haqiqatan ham ajoyib va o‘ziga xos chiqqan. Oldi  iPhone X’ga, orqa tomoni  8 Plus’ga o‘xshab qolgan.

Xo‘sh, endi aytingchi, bunday smartfonlar yashab qolishga huquqi bormi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!