«Xabbl» laqabli Galaxy S11 naq «cho‘ntakdagi teleskop» bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  3178
  •  05.11.2019 17:35

«Xabbl» laqabli Galaxy S11 naq «cho‘ntakdagi teleskop» bo‘ladi!

Samsung kompaniyasining kutilayotgan flagmani – Galaxy S11 kuchli jihatlarga ega bo‘lishi haqida bir qator xabarlar e’lon qilganmiz. Keyingi mish-mishlarga qaraganda, uning kamerasi periskop tuzilishga va naq besh karralik optik zumga ega!

O‘QING: Samsung eng xaridorgir smartfonining davomchisini allaqachon ommaviy ishlab chiqara boshladi

Aytish kerakki, smartfonlarda periskop kamera shu yilning bahoridayoq paydo bo‘lganiga qaramasdan, haligacha bozordagi ikkitagina modelda mavjud.

Xabarlarga ko‘ra, Galaxy S11 flagmanining kamerasi Hubble kodli nomiga ega. Bu so‘zni siz ko‘p eshitgansiz: «Xabbl» bu – Yer orbitasidagi avtomatik observatoriyaning kosmik teleskopi nomidir.

Shuning o‘ziyoq kutilayotgan Samsung flagmanining kuchli kamerali bo‘lishiga ishora qilayotir. Biroq bunday kamera Galaxy S11’ning faqat eng ilg‘or modifikatsiyasidagina qo‘llanishi ham mumkin.

Darvoqe, janubiy koreyalik texnogigantning aksariyat telefonlarini atigi 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Samsung oxiri raqibiga tan berib, bu biznesdan chiqib ketyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.