Xabi TikTok yulduzidan birinchilikni tortib oldi

Xabi TikTok yulduzidan birinchilikni tortib oldi

TikTok ijtimoiy tarmog'i endi yangi "qirol"ga ega. Senegalda tug‘ilgan 22 yoshli Xabi Lame kecha TikTok’da eng ko‘p obunachilar to‘plagan odam bo‘ldi va u avval bu unvonga ega bo‘lgan amerikalik TikTok yulduzi Charli D’Amelioni ortda qoldirdi. Xabida endi 142.7 million obunachilar bor, D'Amelioda esa 142.3 millionta.

Italiyalik Xabi dastlab TikTok'ning duet xususiyatlaridan foydalangan holda murakkab va bema'ni layfhak videolarga o'zining ovozsiz munosabatini bildirishi bilan ijtimoiy tarmoqda trendga chiqdi va o'tgan yilda uning videolari millionlab ko'rishlar soni va layklarga ega bo'ldi.

Xabidan avvalgi TikTok yulduzi Charli D'Amelioning singlisi Diksi bilan yaratgan raqs videolari xatto ijtimoiy tarmoqda bo'lmaganlarni ham o'ziga jalb qilgan. Opa-singillar o'zlarining shon-shuhratga bunday tez ko'tarilishlarini tasodifiy deb hisoblashadi. Forbes'ga ko'ra, ular o'tgan yilning o'zida $27.5 million daromad topishgan edi.

O'QING: Android 12 bilan ishlaydigan tugmali telefon

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!