Xaker to‘laqonli Windows 10 tizimini va Fallout o‘yinini eski rusumdagi smartfonga o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  957
  •  19.01.2019 11:29

Xaker to‘laqonli Windows 10 tizimini va Fallout o‘yinini eski rusumdagi smartfonga o‘rnatdi!

Wall SoGB nikli videobloger to‘laqonli Windows 10 operatsion tizimini, keyin esa original Fallout o‘yinini Lumia 950 XL smartfoniga o‘rnatgan. Buning natijasini esa o‘zining YouTube-kanalida e’lon qilgan.

O‘QING: Xakerlar eng kutilayotgan o‘yin – Resident Evil 2 demo-versiyasidagi cheklovni olib tashlashdi! (+video)

Aytish kerakki, Microsoft Lumia 950 XL smartfoni Snapdragon 810 bazasida ishlaydi, uning tezkor xotirasi 3, doimiy xotirasi esa 32 gigabaytlik hajmga ega. ARM arxitekturali chipli devayslar uchun ishlab chiqilgan Windows 10 esa nisbatan zamonaviy – Snapdragon 835 protsessorli qurilmalarga mo‘ljallangan. Shunga qaramay, Wall SoGB buni uddalabgina qolmasdan, yana Windows’ga mo‘ljallangan o‘yinni ham Lumia 950 XL’ga o‘rnatgan.

Mana, tomosha qilamiz:

Aytish kerakki, Fallout o‘yini ham, Steam platformasi ham ARM arxitekturasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Shuning uchun xaker bu o‘yinni ishga tushirish uchun x86 emulyatoridan foydalangan.

O‘QING: Xakerlar PlayStation Classic himoyasini buzishdi, endi unga har qanday o‘yinni yuklash mumkin! (+video)