Xakerlar butun dunyoda Honda zavodlarini to‘xtatib qo‘yishdi!

  •   DiMaX
  •  560
  •  10.06.2020 14:29

Xakerlar butun dunyoda Honda zavodlarini to‘xtatib qo‘yishdi!

Honda kompaniyasi butun jahon bo‘ylab mashina ishlab chiqaruvchi barcha konveyerlari to‘xtab qolganini e’lon qildi. Lekin bunga koronavirus pandemiyasi emas, balki kiberhujum sababchi bo‘ldi.

O‘QING: Alibaba’da hatto flagman smartfonlardan ham arzon elektromobil sotilyapti! (+«jonli» video)

Ma’lum bo‘lishicha, yapon konsernining serverlarini bezib kirgan xakerlarning harakatlari sababli avtomobilsozning tarmoq infratuzilmasi ishdan chiqqan. Markaziy serverlarga kiberhujum joriy hafta boshida uyushtirilgan. Keyin esa virus butun korporativ tarmoq bo‘ylab tarqalib ketgan. Natijada Snake/EKANS nomli tovlamachi dastur xodimlarning ish kompyuterlarini bloklab qo‘yib, ochish kaliti uchun to‘lov talab qilgan.

«Honda tarmog‘iga kiberhujum bo‘lganini kompaniya tasdiqlaydi. Shuningdek, ayni damda ma’lumot sizib chiqmaganini ham tasdiqlashimiz mumkin. Hozirda hujumning ta’sirini imkon qadar kamaytirish hamda ishlab chiqarish, savdo va ishlab chiqish sohalarimizning to‘laqonli faoliyatini tiklash bo‘yicha ish olib borilyapti. Ayni paytda biz mazkur voqeaning biznesga ta’siri o‘ta kam bo‘lishini ko‘rmoqdamiz», deyishdi Honda vakillari.

Umumiy hisobda Honda’ning o‘n bitta, shu jumladan AQShdagi beshta zavodi kiberhujum tufayli to‘xtab qolgan. Keyinroq kompaniyaning matbuot xizmati Amerikadagi konveyerlarning faoliyati tiklanganligini ma’lum qildi. Biroq haliyam Turkiyadagi avtomobil bo‘linmasi, Hindiston va Braziliyadagi mototsikllar ishlab chiqarilishi to‘xtab turibdi.

Honda vakillarining jurnalistlarga aytishlaricha, kiberhujum ishlab chiqarishga ta’sir etgan bo‘lsa-da, «avtomobil brendining dilerlari yoki mijozlariga ziyon yetmagan».

O‘QING: «O‘zavtosanoat» saytiga xakerlar hujum qilishdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.