Xakerlar eng ko‘p qaysi smartfonlarni va ilovalarni «sevadilar»?

  •   DiMaX
  •  4493
  •  12.12.2019 12:33

Xakerlar eng ko‘p qaysi smartfonlarni va ilovalarni «sevadilar»?

Case24 kompaniyasi xakerlar ko‘proq qaysi ilovalarga va smartfonlarga qiziqishlarini aniqladi. Buning uchun AQShdagi foydalanuvchilarning ma’lumotlari tahlil qilingan, shu boisdan ham tadqiqot natijalari faqat shu mamlakatga tegishli.

O‘QING: Myunxendagi maxfiy uchrashuv: Huawei nega xakerlarning har biriga 200 000 yevrogacha va’da qildi?

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, AQShdagi iPhone foydalanuvchilari xakerlik hujumiga uchrashi ehtimoli Huawei smartfonlari egalariga nisbatan naq 192 baravarga katta ekan! Bu mamlakatda har oyda deyarli 50 ming kishi Apple smartfonlarining himoyasini qanday buzib kirish mumkinligi haqida internetdan ma’lumot qidiradi.

Quyidagi ro‘yxatda xakerlar eng qiziqadigan smartfon brendlari keltirilgan, yonidagi raqamlar esa shu telefonlarning buzish haqidagi so‘rovlar soni aks etgan:

  1. iPhone – 48,010
  2. Samsung – 3,100
  3. LG – 670
  4. Sony – 320
  5. Nokia – 260
  6. Huawei – 250

O‘QING: Google'dan bu yil eng ko‘p nimalarni so‘rashdi?

Ilovalar va veb-servislarning himoyasini buzish haqidagi so‘rovlar masalasiga kelsak, bu borada Instagram yetakchilik qilmoqda. To‘liq reyting esa quyidagicha:

  1. Instagram – 66,960
  2. Snapchat – 57,740
  3. WhatsApp – 36,980
  4. YouTube – 13,710
  5. Twitter – 13,350
  6. Messenger – 10,350
  7. Gmail – 7,080
  8. Facebook – 5,980
  9. Amazon – 3,460
  10. Netflix – 2,790

O‘QING: Bu aktrisa akkaunt ochiboq Instagram’ni ishdan chiqardi va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!