Xakerlar eng kutilayotgan o‘yin – Resident Evil 2 demo-versiyasidagi cheklovni olib tashlashdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1064
  •  14.01.2019 15:48

Xakerlar eng kutilayotgan o‘yin – Resident Evil 2 demo-versiyasidagi cheklovni olib tashlashdi! (+video)

Capcom kompaniyasi 25 yanvar kuni «Yovuzlik makoni» o‘yinining ikkinchi talqini – Resident Evil 2’ni taqdim etadi. Yaqinda uning demo-versiyasini bepul tarqatgan edi.

O‘QING: «Yovuzlik makoni 2»: hali taqdim etilmagan Resident Evil 2 o‘yinining 20 daqiqalik geympleyini tomosha qiling!

Resident Evil 2 demo-versiyasini kompyuterda yarim soatgacha o‘ynash mumkin, xolos. Ammo havaskor xakerlar undagi vaqt cheklovini olib tashlash yo‘lini topishdi!

Mana, uni quyidagi videoda tomosha qilamiz:

Internetda allaqachon bepul treyner tarqatilmoqda, uni mana bu havola orqali yuklab olish mumkin. U o‘yindagi taymerni to‘xtatib qo‘yishga yordam beradi, natijada Resident Evil 2 Remake demo-versiyasini istagancha o‘ynash imkoni tug‘iladi. Buyam kamlik qilsa, mazkur ilova yordamida yana cheksiz patronlarga va supertezlikka ega bo‘lish ham mumkin.

Faqat bittagina cheklov bor: ushbu ilova to‘g‘ri ishlashi uchun «toza» Steam-akkaunt bo‘lishi, unda hali demo-versiya ishga tushirilmagan bo‘lishi hamda Resident Evil 2’da erishilgan yutuqqa ega bo‘lmasligi lozim.

O‘QING: 2018 yil so‘ngida eng ommalashgan PlayStation o‘yinlari reytingi bilan tanishing

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!