Xakerlar haqidagi top filmlar ro‘yxati

Xakerlar haqidagi top filmlar ro‘yxati

Haftada davomida yosh xakerlar va senat.uz o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng, xakerlikka bo‘lgan qiziqishingiz yanada oshgani aniq. Shu sababli biz dam olish kunida tomosha qilish uchun xakerlar haqidagi eng zo‘r filmlarni to‘pladik. Spoyler qilmaslik uchun film voqealari haqida ma’lumot bermaymiz, lekin ishoning, bular xakerlar haqidagi eng top filmlar hisoblanadi.

Who am I? (Men kimman?)

Ehtimol, xakerlar haqidagi eng realistik film va u 2014-yilda chiqarilgan. Asl filmni nemis tilida topishingiz mumkin, chunki u Germaniya suratga olingan.

Snowden (Snouden)

Noutbuki kamerasini yashirib qo‘yadiganlarni ko‘rganmisiz? Ushbu, odat sobiq kompyuter razvedkasi maslahatchisi, Edvard Snouden AQSh Milliy xavfsizlik agentligidan o‘ta maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilgandan keyin paydo bo‘lgan. 2016-yilda chiqarilgan ushbu Snouden filmidan esa nima uchun bunday qilinishini bilib olishingiz mumkin.

Hacker (Xaker)

Real hayotda bo‘lib o‘tgan voqealarga asoslangan ajoyib film. U 2016-yilda chiqarilgan. Siz uni "Anonymous" nomi ostida ham topishingiz mumkin, chunki Amerikadagi kinoteatrlarda shunday nom ostida chiqarilgan.

The Matrix (Matritsa)

Agar siz fantastika janridagi filmlar ishqibozi bo‘lsangiz unda Matritsa filmi aynan siz uchun. Garchi film chiqarilganida 20 yildan oshgan bo‘lsada, u hali ham o‘z aktualligini yo‘qotmagan.

Mr. Robot (Janob robot)

Filmlardan ko‘ra ko‘p qismli teleserial kerak bo‘lsa, "Janob robot" eng yaxshi tanlov bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, u 90 foizdan ortiq pozitiv reytingga ega.

Bularni tomosha qilib, o‘zingiz uchun xakerlik qilish va kiberjinoyatlar oqibati haqida tegishli xulosalar chiqarasiz degan umiddamiz. 

O‘QING: Samsung dunyodagi ilk 8K ultrakeng o‘yin monitorini ustida ishlamoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!