Xakerlar hatto Pavel Durov akkauntiniyam buzib kirishdi!

  •   DiMaX
  •  1957
  •  16.08.2018 10:06

Xakerlar hatto Pavel Durov akkauntiniyam buzib kirishdi!

Turli nomdor shaxslarning elektron pochtalarini xakerlar buzib kirishlari haqidagi xabarlar uchrab turadi. Ammo ular aynan axborot texnologiyalari sohami gigantlariga hujum qilishlari va buning muvaffaqiyatli amalga oshirishlari baribir g‘alati.

O‘QING: AQSh Kongressida ko‘rsatma bergan Sukerberg: «O‘zimni ham chuv tushirishdi...»

Telegram messenjeri hamda «VKontakte» (VK) ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Pavel Durov ham kecha xakerlar hujumiga uchradi. Tag‘in, kelib-kelib o‘zi asos solgan VK’da uning akkauntini buzib kirishganiga nima deysiz!?

Qisqasi, uning «VKontakte» profilida World of Warcraft: Battle for Azeroth o‘yinida qo‘shinga qo‘shilish chorlovi hamda «O‘rda uchun!» («Za ordu!») o‘yiniga eltuvchi havola e’lon qilingan.

Ushbu yozuv Durovning profilida bir necha daqiqa mobaynida turgan, keyin esa o‘chirib tashlangan. Uning o‘zi bunga hech qanday izoh bermagan. Ehtimol, shu yo‘l bilan u mazkur o‘yinlarni reklama qilgandir, nima deysiz?

O‘QING: Durovdan «muqobil internet»: buzib ham kirolmaysiz, ta’qiqlay ham olmaysiz