Xakerlar PlayStation Classic himoyasini buzishdi, endi unga har qanday o‘yinni yuklash mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  1127
  •  10.12.2018 12:05

Xakerlar PlayStation Classic himoyasini buzishdi, endi unga har qanday o‘yinni yuklash mumkin! (+video)

Sony kompaniyasi shu oyda PlayStation Classic o‘yin konsolini savdoga chiqardi – unda eng ommalashgan yigirmata o‘yin mavjud. Aslida mazkur pristavkaga boshqa o‘yinlarni o‘rnatib bo‘lmaydi, ammo xakerlar buning ham yo‘lini topishdi.

O‘QING: 25 yillik nostalgiya: Sony qayta chiqarilgan PlayStation Classic’ni 100 dollardan sota boshladi!

Xakerlar bu konsolning tizimidagi himoyani buzib ochishgach, unga original PlayStation uchun taqdim etilgan har qanday o‘yinni o‘rnatish mumkin bo‘ldi. Buning uchun hatto qurilmaning ichini ochishga ham hojat yo‘q – kompyuter orqali ayrim fayllar ustida bir nechta harakatni amalga oshirish kifoya. Keyin esa o‘yinlarni fleshkaga yuklab, uni Sony PlayStation Classic’ning USB-portiga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, xakerlar pristavkaning emulyatoridagi sozlamalarga kirish yo‘lini ham topishdi. U yerda o‘yinlar grafikasini yaxshilash, shuningdek, o‘yinlarda bosib o‘tilgan yo‘l tarixini saqlash mumkin.

PlayStation Classic himoyasi bunchalik oson buzilishiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Gap shundaki, mazkur konsol Android tizimli planshetlar va televizion pristavkalarda qo‘llanuvchi standart komponentlar bazasida yaratilgan.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling! Xakerlar router orqali ham pul o‘g‘irlashni o‘rganib olishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!