Xakerlar qo‘rqinchli Amnesia: Rebirth o‘yini chiqishi bilan uning himoyasini buzishdi! (+treyler)

  •   DiMaX
  •  978
  •  22.10.2020 13:19

Xakerlar qo‘rqinchli Amnesia: Rebirth o‘yini chiqishi bilan uning himoyasini buzishdi! (+treyler)

Videoo‘yinlarning himoyasini buzuvchi xakerlar keyingi paytlarda ancha ilgarilab ketishgan. Jumladan, relizi 20 oktyabrda bo‘lib o‘tgan Amnesia turkumidagi yangi o‘yinning muhofazasini o‘sha kuniyoq buza olishibdi!

O‘QING: «O‘zavtosanoat» saytiga xakerlar hujum qilishdi

Mazkur dasturiy ta’minot Amnesia: Rebirth deb nomlanuvchi xorror – qo‘rqinchli, dahshatli o‘yindir. Quyida uning treyler videosini tomosha qilishingiz mumkin:

Amnesia: Rebirth ishlab chiquvchilari uni Denuvo himoya tizimi bilan muhofaza qilib o‘tirishmagan; chunki keyingi paytlarda xakerlar hatto shunday qo‘riqlangan o‘yinlarni ham buza olishmoqda.

Yangi xorrorning himoyasini buzish esa ular uchun pista chaqishdek gap bo‘lgan. Natijada Amnesia: Rebirth rasman taqdim etilgan kuniyoq torrentlarga chiqib ketgan. Eslatib o‘tamiz, dasturlarning bunaqa «qaroqchi» nusxalaridan foydalanish xavfli va noqonuniydir.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor: kinolarni internetga chiqargan «qaroqchi» javobgarlikka tortildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!