Xakerlar va firibgarlar koronavirusdan foydalanib, plastik kartalardan pul o‘g‘irlashmoqda!

  •   DiMaX
  •  1149
  •  16.03.2020 12:18

Xakerlar va firibgarlar koronavirusdan foydalanib, plastik kartalardan pul o‘g‘irlashmoqda!

Kechagina yurtimizga ham kirib kelgan koronavirus vahimasidan foydalanib qolish uchun g‘araz niyatli kishilar turli yo‘llarni o‘ylab topishmoqda. Xakerlar koronavirusdan foydalanib kompyuterlarga hujum qila boshlashgani haqida avvalroq xabar bergandik.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari egalari, koronavirusning navbatdagi zarbasiga tayyor turing!

Rossiyaning «Aeroflot» kompaniyasi xakerlar va firibgarlarning navbatdagi hiylasidan ogoh etmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ular mazkur aviakompaniya aviachiptalarini olib qo‘ygan mijozlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini uning xodimi sifatida tanishtirishadi. Koronavirus xavfi tufayli mijozning reysi qoldirilganini aytishadi va biletni boshqa kunga ko‘chirish yoki pulini qaytarib berishni taklif qilishadi. Buni amalga oshirish uchun esa mijozning bank plastik kartasi ma’lumotlari kerakligini aytishadi... Buyog‘i ma’lum: bank kartasining barcha ma’lumotlarini qo‘lga kiritgach, uning hisobidagi barcha pullarni yechib olishadi.

Biroq «Aeroflot» mijozlarining ayni damdagi mijozlari ma’lumotlar bazasini firibgarlar qayerdan olganliklari noma’lum. Odatda bunaqa sxemalarda turli yo‘llar bilan «sizib chiqqan» ma’lumotlardan foydalanishadi yoki bunaqa ma’lumotlarni «qora bozor»dan sotib olishadi.

Nima bo‘lganda ham, plastik kartangizning ma’lumotlarini, parolini hech kimga, hattoki bank xodimlariga ham bermaslik o‘z qo‘lingizda. Shuningdek, avvalroq yo‘qolgan yo o‘g‘irlangan plastik kartangizni qanday bloklab qo‘yish haqida yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Endi siz ham koronavirus tufayli YouTube’da pul ishlab olishingiz mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!