Xakerlikni boshlash uchun 5 ta kitob

Xakerlikni boshlash uchun 5 ta kitob

Xakerlikni boshlamoqchi bo‘lgan har bir qiziqqon dasturchilar quyidagi 5 ta kitobni o‘qib chiqishlari maqsadga muvofiq.

  1. S.A. Babinning “Xakerlar labaratoriyasi” ("Laboratoriya xakera") kitobi.

Ushbu kitob dastur va tizimlarni buzish haqda yaxshi maslahatlar beradi. Kitob muallifi olingan bilimlarni amaliy usullarda ko‘rsatishga uringan. “Buzg‘unchilik”ni endi boshlamoqchilar uchun ushbu kitob yaxshi tanlov!

  1. Nik Biltonning “Kiber jinoyatchi №1” ("Kiber prestupnik №1") kitobi.

Ushbu kitob jinoiy yo‘lboshchi, “Buyuk ipak yo‘li” bozori egasi haqida yozilgan. Kitobda giyohvand moddalarni sotish maqsadida yaratilgan saytning egasini (u eng ko‘p tergov qilinayotgan jinoyatchi bo‘lib chiqadi) tasvirlab beradi. Kitobda qanday qilib virtual olamning “buzg‘unchi”si bo‘lish va uning mohiyatini tushinib olishga yordam beradi.

  1. Kevin Mitnikning “Aldash san’ati” ("Iskusstvo obmana") kitobi.

Kitob muallifi asarda ijtimoiy muhandislikning barcha kuchini amaliy misollar bilan tasvirlab bergan.

  1. Djeymi Bartletning “Maxfiy internet. O‘rgimchak to‘rining qora tomonlari” ("Podpolniy internet. Temnaya storona mirovoy pautini") kitobi.

Ushbu kitob ham xakerlikni boshlovchilar uchun yaxshi yordam beradi. Kitob muallifi internetning maxfiy tomonlari, ishlash prinsiplari, umuman, internetning “sir”lari  haqida hikoya qiladi.

  1. Aleksey Malovning “Karderning tavbasi” ("Ispoved kardera") kitobi.

Karderning kundalik hayotini va shaxsiy rivojlanishi yoritib beruvchi kitob.

O‘QING: «Oq xakerlik»ni o‘rganish uchun 6 ta eng yaxshi resurs

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!