Xakerning onasi turmaga kirib, barcha kompyuterlarning himoyasini buzib chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1315
  •  14.03.2020 12:37

Xakerning onasi turmaga kirib, barcha kompyuterlarning himoyasini buzib chiqdi!

Kompyuterlarga kiberhujumlar uyushtirish uchun hamisha ham ularning internetga ulangan bo‘lishi shart emas ekan. Ba’zida qo‘shimcha vositalar yordamida ham tizimlar himoyasini buzib kirsa bo‘lishini axborot xavfsizligi mutaxassislari isbotlashdi.

O‘QING:  Xakerlar koronavirusdan foydalanib kompyuterlarga hujum qila boshlashdi!

Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Jon Strend buning antiqa yo‘lini o‘ylab topdi. U tajriba doirasida kompyuterlarining himoyasini buzish kerak bo‘lgan ob’yektga – qamoqxonaga o‘zi bormadi. Buning o‘rniga o‘z onasi – Rita yordamidan foydalandi.

«Oq xaker» o‘z onasiga sog‘liqni saqlash vazirligi inspektorining soxta hujjatlarini tayyorlab berdi. Shuningdek, unga ziyonkor dasturiy ta’minot joylangan «Rubber Ducku» nomli xakerlik fleshkasini ham tutqazdi.

Rita esa jiddiy qiyofada o‘zini salomatlik inspektori sifatida tanishtirib, turma soqchilarini ishontira oldi va ichkariga bemalol kirib bordi. Qamoqxonadagi kompyuterga tiqilgach, fleshka Jon bilan bog‘landi va mutaxassis masofadan turib u yerdagi tizimlarga kirdi.

Qizig‘i shundaki, Rita sog‘liqni saqlash vazirligi inspektori ekanligiga ishongan qorovullar nafaqat uni qarshiliksiz kiritib yuborishgan, balki hatto qo‘lidagi smartfonini ham olib qo‘yishmagan. Natijada xakerning onasi ob’yektga kirish va kompyuter tizimlarining himoyasini buzish jarayonlarini videoga olishga ham erishgan.

O‘QING: Xakerlar qamoqxona kameralariga kirib, mahbuslar hayotini YouTube’da ko‘rsatishdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.