Xalqaro bozor uchun yangi Poco M4 5G taqdim etildi

Xalqaro bozor uchun yangi Poco M4 5G taqdim etildi

Hindiston bozori uchun mo‘ljallangan Poco M4 5G modeli shu yilning aprel oyida taqdim etilgan edi. Kompaniya endi ushbu qurilmani boshqa bozorlar uchun ham taqdim etdi. 

Poco xalqaro bozor uchun M4 5G modelini chiqardi. Bu avvalgi model bilan deyarli bir xil, birgina farq - yangi modelining asosiy va selfi kamerasi oddiyroq sensorlar bilan jihozlangan. Chipset va xotira texnik jihatlarni pastlaganini ham hisobga olmasak, smartfonning qolgan ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan.

Smartfonga 90 gertsda ishlovchi 6.58 dyuymli FullHD+ rezolyusiyadagi LCD displeyi o‘rnatilgan. Dimensity 700 chipi esa 4/64 yoki 6/128GB xotira bilan birlashadi. Shuningdek, qurilma 18 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Uning qutisida esa 22.5 vattlik quvvatlash adapteri bo‘ladi. 

50MP asosiy kamera o‘rniga endi 13MP rezolyusiyadagi kamera o‘rnatilgan. Uning yonida 2MP sath kamera joylashgan. Old tomondan esa f/2.2 diafragmadagi 5MP tomchisimon selfi kamera o‘rin olgan.  

Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. Qurilma qora, ko‘k va sariq raqnglarda sotuvga chiqadi uning narxi quyidagicha:

4/64GB - 219 yevro

6/128GB - 249 yevro

O‘QING: Testlar yakunlandi, Android 13 barqaror versiyasi tarqatilmoqda