Xalqaro fototanlovda qatnashib, 10 ming dollargacha yutib oling!

  •   DiMaX
  •  786
  •  29.05.2020 17:29

Xalqaro fototanlovda qatnashib, 10 ming dollargacha yutib oling!

Huawei korporatsiyasi xalqaro miqyosdagi NEXT-IMAGE 2020 tanlovi o‘tkazilishini e’lon qildi. Kompaniya smartfonlarining egalari unda o‘z mobil fotosuratlari va videoroliklari bilan qatnashishlari mumkin.

O‘QING: Dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni Huawei taqdim etdi!

Tanlovga yuboriladigan rasm va videolavhalar istalgan rusumdagi Huawei smartfonida olingan bo‘lishi va oltita toifadan biri talablariga mos kelishi lozim: noodatiy rakurslar va makros’yomka, tungi s’yomka, yorqin va hissiyotli kadrlar, portretlar, syujetli suratlar turkumi, shuningdek davomiyligi 10 daqiqagacha bo‘lgan videoroliklar. Huawei fikricha, ushbu formatlar zamonaviy mobil ijodkorlikning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi hamda smartfonlar egalariga yorqin va betakror tarixiy lavhalar olish imkonini beradi.

Tanlovga kelgan surat va lavhalarni fotografiya sohasidagi yetakchi ekspertlardan iborat hakamlar baholashadi. NEXT-IMAGE 2020 tanlovi g‘oliblarini 70 ta pul mukofoti kutyapti, ularning eng yirigi esa naq 10 000 dollariga teng!

O‘QING: Yaxshi selfi qanday olinadi?

Huawei smartfonlari egalari NEXT-IMAGE 2020 tanlovida qatnashish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlashlari mumkin:

  1. O‘z ishini https://gallery.consumer.huawei.com/2020/index.html havolasi orqali tanlovning rasmiy saytiga jo‘natish.
  2. Rasm yoki rolikni o‘zining Instagram-akkauntida #HuaweiNextImage va #CapturedOnHuawei heshteglari bilan birga e’lon qilish.

NEXT-IMAGE 2020 tanlovi uchun surat va lavhalarni qabul qilish 2020 yilning 31 iyuligacha davom etadi. Saralash ishlari avgustda bo‘lib o‘tadi, g‘oliblarni esa sentyabrda e’lon qilishadi.

O‘QING: Kadr ortida: taniqli fotografdan onlayn mashhurlik sirlari (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.