Xalqaro olimpiada g‘oliblariga kompyuter va planshetlar ham berildi

  •   DiMaX
  •  2650
  •  13.08.2021 12:37

Xalqaro olimpiada g‘oliblariga kompyuter va planshetlar ham berildi

O‘zbekistonlik talabalar 28-Xalqaro matematika olimpiadasida 15 ta medal sohibi bo‘lishdi. Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, g‘olib talaba-yoshlar O‘zbekiston milliy universitetida taqdirlandi.

O‘QING: Olimpiya o‘yinlari medalchilari va qatnashchilariga bittadan Xiaomi Mi 11 Ultra hamda Xiaomi Mi 11X hadya etildi!

Ushbu taqdirlash marosimda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, vazir o‘rinbosari Rasuljon Hakimov, O‘zbekiston milliy universiteti rektori Inom Majidov va boshqalar qatnashgan.

Matematik talabalar tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar (monoblok kompyuter, planshet va kitob jamlanmalari) bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatdan 592 nafar talaba ishtirok etgan. Jumladan, AQSh, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Polsha, Isroil, Gretsiya, Ispaniya, Avstraliya, Fransiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar qatnashgan. Mazkur olimpiadada talabalarimiz yuqori natija ko‘rsatib, jami 15 ta: 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medalni hamda 2 ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritishdi.

Ushbu xalqaro olimpiadada Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Matematika fakultetidan 13 nafar talaba qatnashib, ulardan 3 nafari oltin, 5 nafari kumush, 3 nafari bronza medali va 2 ta faxriy yorliq sohibi bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, Tokio olimpiadasida g‘olib bo‘lganlarga 200 ming dollar pul, qimmatbaho avtomashina va poytaxtda hovli sovg‘a qilingandi.

O‘QING: Farrosh, qorovul, choy tarqatuvchi... O‘zbekistonda kimlar IT-mutaxassisdan IKKI KARRA KO‘P maosh oladi?