«Xavfli sozlama»: smartfondagi bu funksiyani darhol o‘chirib qo‘ying!

  •   DiMaX
  •  1155
  •  27.07.2021 16:41

«Xavfli sozlama»: smartfondagi bu funksiyani darhol o‘chirib qo‘ying!

Kiberxavfsizlik bo‘yicha taniqli ekspert Zak Doffman «Forbes»da berilgan maqolasida iPhone foydalanuvchilari e’tiborini ularning smartfoniga xavf tug‘diruvchi funksiyaga qaratdi. Bu — Wi-Fi tarmoqlariga avtomatik ulanish funksiyasi bo‘lib, uni zudlik bilan o‘chirish lozim, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Toshkentda metro bekati tablosiga xakerlar nojo‘ya gap yozib qo‘yishdi

Buning uchun sozlamalardagi «Ulanishga so‘rov» va «Nuqtaga avtoulanish» bo‘limlariga kirib, «Ulanishdan oldin so‘rash» belgisini tanlash kerak.

Sozlamalarida avtomatik ulanish yoqilgan smartfonlar xakerlarga ommaviy umumfoydalanuvdagi tarmoqlar bilan bir xil nomdagi soxta ulanish nuqtalari yaratish imkonini beradi. Oqibatda ular siz foydalanayotgan trafikni tutib olishlari yoki internetga ulanishingizni uzib, o‘zlarining soxta ulanish nuqtalariga yo‘naltirishlari mumkin.

Ekspertning ta’kidlashicha, soxta ulanish nuqtalariga login va parol orqali kirishda foydalanuvchilar o‘z qurilmalariga zararli dasturlarni yuqtirib olishlari hech gap emas.

Umuman olganda, ko‘cha-ko‘yda ko‘pchilik foydalanadigan tekin Wi-Fi’larga ulanishdan tiyilgan ma’qul, o‘rniga o‘zingizning mobil internetingizni ishlating — shunisi bexavotir, deya tavsiya bermoqda Zak Doffman.

Darvoqe, Wi-Fi tarmog‘iga parol o‘rnatish to‘g‘risida ushbu maqolamizdan, unga QR-kod orqali ulanish haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olish mumkin. Shuningdek...

O‘QING: Uyingizda Wi-Fi tezligi pastmi? Ekspertlar aybdorlarni topishdi!